Mensur Mujdža




Mensur Mujdža (talaffuzi: Mensur Muydja; 1984-yil 28-martda tugʻilgan) — sobiq Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasi futbolchisi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Mujdža professional faoliyatini ona shahrining Zagreb jamoasida boshlagan.

SC Freiburg



2009-yil iyun oyida Bundesliganing Freiburg klubiga oʻtdi va 22-avgust kuni Bayerga qarshi oʻyinda debyut qildi.

2011-yilning 12-yanvarida Mujdža shartnomasini uch yarim yilga uzaytirdi.

Mujdža oʻzining yagona golini 2012-yil 28-aprelda 1. FC Köln darvozasiga kiritdi. Oʻsha oʻyinda 4:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

2015-yilda jamoasining sardori boʻldi.

1. Kaiserslautern



Shartnoma muddati tugagach, Mujdža 2016-yil 28-avgustda 1. FC Kaiserslautern bilan shartnoma imzoladi. Biroq, mavsumoldi mashgʻulotlarida jarohat oldi va shu sabab butun mavsum davomida maydonga tushmadi. Birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan klubni tark etdi.

2017-yil 14-noyabrda Mujdža professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati



Mujdža Xorvatiyanining turli yosh terma jamoalarini himoya qilgan.

2010-yilning may oyida Mujdža kelajakda Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynashni afzal koʻrishini tasdiqladi. Mujdža 2010-yil iyun oyida Shvetsiya va Germaniyaga qarshi oʻyinlarda ilk bor chaqiruv oldi. 2010-yil 10-avgustda Qatar milliyy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.

Mujdža Bosniya va Gersegovina terma jamoasining birinchi yirik turniri, 2014-yilgi FIFA Jahon Kubogi uchun qaydnomaga kiritildi. Turnirdagi debyutini 16-iyun kuni Argentinaga qarshi oʻyinda (1:2) oʻtkazdi.

Shaxsiy hayoti



Mujdžaning oilasi Bosniya va Gersegovinaning Doboj shahridan. Akasi Jasmin Mujdza ham Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasida oʻynagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz