Menno Koch
Menno Koch (1994-yil 2-iyulda Niderlandiyaning Xeze shahrida tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, Bolgariyaning „CSKA“ futbol klubi himoyachisi. „PSV“ klubi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchi „CSKA Sofia“ futbol klubi safida 2020—2021-yilgi mavsumda Bolgariya kubogini qoʻlga kiritgan. U jamoada 4-raqam ostida toʻp suradi.
Klublardagi faoliyati
Koch „PSV“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2013-yilning 3-avgustida Rotterdamning „Sparta“ klubiga qarshi o‘yinda u zaxira jamoasi safida Erediviziyada debyut qilgan. U shuningdek, Erediviziyada 2014-yil 20-dekabrda Karim Rekik oʻrniga „Go Ahead Eagles“ futbol klubiga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimida maydonga tushgan va debyut qilgan.
2015-yil boshida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Koch „NAC Breda“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. Shu bilan bir qatorda, 17-yanvar kuni „Zwolle“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.
2016-yilning yozida Menno yana ijaraga berilgan. „Utrecht“ futbol klubi uning yangi jamoasiga aylangan. Shuningdek, 10-sentyabr kuni „Zwolle“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u yangi klub safida debyut qilgan. 2017-yil boshida Koch „PSV“ futbol klubiga qaytgan. Hamda, 2017-yil iyul oyida u „MAK“ futbol klubiga oʻtgan va klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2011-yilda Gollandiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Koch Serbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda u Chexiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Oʻsha yilning yozida Menno Meksikada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Meksikaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org