Mening Yurtim telekanali
„
Mening Yurtim “ (qisqacha „
MY5 “ bilan tanilgan) — Oʻzbekistondagi butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy televizion kanal. Ushbu kanal faoliyatini 2014-yil 12-noyabrdan boshlagan.
Nomi
„MY5“ qisqartmasi oʻzida soʻz oʻyinini mujassam etadi:
Faoliyati
12-noyabr 2014-yildan oʻz faoliyatini boshlagan yangi „Mening yurtim“ nodavlat telekanali shu yilning dekabr oyidan toʻliq efirda namoyish etila boshlangan Hozirgi kunda „Markaziy studiya“, „Hashtag“, „Like bos“, „Yashirin kamera“, „Muzqaymoq Party“, „Hudud“, „Diydor shirin“, „Xush koʻrdik“, „Happy time“, „Kinolife“, „25-kadr“, „Eʼtibor markazida“ kabi koʻrsatuvlari xalq orasida mashhurlikka erishdi.
Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan anʼanaviy tashkil etiladigan „Oltin qalam“ mukofoti uchun 2019-yildagi xalqaro tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimida televideniye yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻringa „Mening yurtim“ telekanalining „Markaziy studiya“ dasturi sazovor boʻldi. Sarvar Bahoridov, Amirxon Umarov, Jaloliddin Mirzayev, Hilola Isoqova, Timur Rajabov,Umida Olimova kabi yosh ijodkorlardan iborat jamoa yoshlarga oid davlat siyosatini keng targʻib qilish bilan birga xalqimiz turmush tarzini farovon qilish yoʻlida qator tahliliy-tanqidiy materiallarni efirga uzatib kelmoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org