Mening ismim (televidenie)
Mening ismim (ing: My name) Janubiy Koreyaning rejissori Kim Jin Min boʻlgan va bosh rollarda Xan So Xi, Park Xi Soon va An Bo Xyon oʻynagan teleserialidir. Serial otasining oʻlimi uchun qasos olish uchun jinoiy guruhga qoʻshilib, soʻngra politsiyachilar ichida jinoiy toʻdaning josusiga aylangan qiz haqida. Sakkizta qismdan iborat serialning uchta qismi 26-Pusan xalqaro kinofestivalida 2021-yil 7-oktabrda yaratilgan „Ekran“ boʻlimida namoyish etildi. Serialning qolgan qismi Netflixda 2021-yil 15-oktabrda chiqarildi
Serial tavsifi
Yun Ji Vuning (Xan So Xi) otasi toʻsatdan vafot etadi. U otasining oʻlimiga sababchi boʻlgan odamdan qasos olishni maqsad qiladi. Yun Ji Vu Dongcheonpa nomli narkotik jinoyati bilan shugʻillanadigan guruhda faoliyatini olib boradi. Choy Mu jin (Pak Xe-soon) narkotik jinoyati bilan shugʻillanadiganlar toʻdasining boshligʻi. Choy Mu-jinning yordami bilan va otasining oʻlimi sababini aniqlash uchun Yun Ji Vu politsiya boʻlimiga qoʻshiladi va giyohvandlar guruhining aygʻoqchisiga aylanadi. Yun Ji Vu politsiya boshqarmasida giyohvand moddalarni tergov qilish boʻlimida ishlashga yuboriladi. Uning u yerdagi sherigi detektiv Jeon Pil-do (An Bo Xyun) boʻladi.
Rollarda
Bosh rollarda
Dongcheon guruhing aʼzosi, otasining oʻldirilishi uchun qasos olmoqchi boʻlgan Oh Xye-Jin ismi bilan politsiyaga ishga kiradi.
Koreyaning eng yirik giyohvand jinoiy guruhi boʻlgan Dongcheonning rahbari. U Ji-Vuning otasi bilan eng yaxshi doʻst edi.
Inchan Metropolitan Politsiya Agentligining Narkotiklar boʻlimining tergovchisi, u boʻlimga qoʻshilganidan keyin Xye-jinning sherigi boʻladi. U avval Jiwooni yoqtirmasdi, chunki u 6 oy davomida uning rejalashtirgan operatsiyasini buzadi.
Epizodlar
Inchan Metropolitan Politsiya Agentligining Narkotiklar boʻlimi rahbari, u nafaqaga chiqishidan oldin Dongcheonni yoʻq qilishga qasamyod qiladi.
Dongcheon aʼzosi, u Mu-jinning eng ishonchli yordamchisi.
Dongcheonning sobiq aʼzosi, u oʻyinda Jiwooga yutqazganida uni zoʻrlamoqchi boʻlganligi uchun haydalganidan keyin tashkilotdan qasos olishga qasam ichadi.
Ji-vuning otasi va Mu-jinning yaqin doʻsti, uning oʻlimi tufayli Ji-Vu otasining oʻlimi uchun qasos olish rejasi boshlanadi.
Serial ijodkorlari
2020-yil 11-avgust kuni Netflix matbuot relizi orqali Studio Santa Claus Entertainment Co., Ltd. (oʻsha paytda Fleet Co., Ltd deb nomlangan) tomonidan ishlab chiqarilgan Undercover koreyscha original serialni namoyish qilishni tasdiqladi. "Omadli romantika", "Mening qizgʻin qizim va boshqa bola" filmlari ortidagi ishlab chiqarish uyi), "Hayotga xavf soladigan romantika" teleseriali muallifi Kim Ba-da tomonidan yozilgan va darsdan tashqari teleseriallar rejissyori Kim Jin-min. 2020-yil sentabr oyida teleserial qismlari tasdiqlandi. Suratga olish ishlari 2020-yilning noyabrida boshlangan va 2021-yilning fevralida tugagan
Aktyorlar Xan So Xi va Li Xak Ju 2020-yilgi JTBC seriali "Uylanganlar dunyosi" da birga ishlagan. Serial, shuningdek, 2020-yilda JTBC telekanalida namoyish etilgan Itaewon Class serialidan soʻng aktyorlar An Bo-hyun va Yun Kyung Xo ikkinchi marta birga rol oʻynashgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org