Mendirman Jaloliddin
Mendirman Jaloliddin (turkcha: Mendirman Celaleddin) — Chingizxonga qarshi jasorat bilan kurashgan sarkarda, Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga bagʻishlanib suratga olingan oʻzbek-turk hamkorligidagi tarixiy serial.
2019-yil sentabr oyida Toshkentda "Mendirman Jaloliddin" seriali ustida ish boshlanishidan oldin "Jaloliddin Manguberdi: hayot va filmlardagi badiiy mujassamlik" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi va filmning gʻoyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilindi.
Ushbu anjumanda Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Erondan kelgan olimlar va tarixchilar qatnashdilar. Ular Jaloliddin Manguberdining tarjimai holi va oʻsha paytda sodir boʻlgan voqealar talqinini muhokama qildilar.
"Mendirman Jaloliddin" seriali Turkiyaning "Tirilish-Ertugʻrul" va "Hukmdor Usmon" kabi seriallari bilan mashhur boʻlgan "Bozdag film" kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.
Serialning Oʻzbekistondagi premyerasi 2021-yil 14-fevralidan Milliy TV telekanalida efirga uzatila boshlandi.
Serialning 2-fasli Oʻzbekistonda 2023-yil 14-yanvaridan Zoʻr TV telekanalida premyera qilindi va har shanba efirga uzatilishi maʼlum qilindi.
Rollarda
Efirga uzatilish vaqti
Serialning birinchi qismi chiqishi bilanoq turli davlatlarda, jumladan Pokinstonda ommalashib ketdi va urdu tilidagi subtitrlar bilan efirga uzatila boshlandi.[1]
Tanqidlar
Film namoyishi boshlanganida ijtimoiy tarmoqlarda u haqda turli fikrlar bildirila boshladi, eʼtiroflar bilan birga tanqidlar ham qilindi. Xususan, bloger Eldar Asanov filmda koʻrsatilgan voqeʼliklarni tarixiy nazariyalar asosida solishtirib, serialda yoʻl qoʻyilgan bir nechta kamchiliklarni sanab oʻtgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org