Men oroli funti




Men oroli funti (Men tilida Punt Manninagh ,inglizcha: Manx pound) — Men orolining pul birligi. Men oroli hukumati tomonidan chiqarilgan. 1 Men funti = 100 pensga teng. Belgisi: £ — (lotincha: Libra — funt) dan, bank kodi: IMP (Isle of Man Funt). Muomalada 1, 5, 10, 20, 50 funtlik banknotalar; 1, 2, 5, 10, 20, 50 pens, 1, 2, 5 funtlik tangalar mavjud.
Men oroli hukumatining banknotalari, iltimosiga ko'ra, Men oroli bankining istalgan filialida teng qiymatdagi Angliya banki banknotlariga nominal qiymatida almashtirilishi mumkin. Birlashgan Qirollikning istalgan joyidagi barcha banknotlar va tangalar (masalan, Angliya banknotalari) Men orolida qonuniy to'lov vositasidir.

Tarixi



Men orolining birinchi tangalari 1668-yilda Douglas savdogar Jonh Murray tomonidan chiqarilgan, ular ingliz analoglariga teng edi. Murray penslari 1679-yilda Tynwaldning qarori bilan Britaniya tangalari bilan birga qonuniy toʻlov vositasiga aylandi. Triskelion va milliy shior birinchi marta Murrayning pullarida paydo boʻldi: Quocunque Gesseris Stabit, 18-asrning boshlarida shior Quocunque Jeceris Stabit ga oʻzgartirildi (tarjimasi:qanday qilib tashlasang ham, u turadi).

Tangalar



• 1 penni
• 2 pens
• 5 pens
• 10 pens
• 20 pens
• 50 pens
• 1 funt
• 2 funt
• 5 funt

Banknotalar



• 1 funt
• 5 funt
• 10 funt
• 20 funt
• 50 funt

Valyuta kursi rejimi



Men funti 1:1 nisbatda funt sterlingga bogʻlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz