Memrise
Memrise — foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan oʻquv platformasi boʻlib, oʻquv quroli sifatida kartochkalardan foydalanadi. U til oʻrganishga ixtisoslashgan, ammo boshqa sohalardan ham turli-tuman mavzular taklif etadi.
Memrise da 25 tilda 150 dan ortiq til kursi mavjud. Ilovasida 20 milliondan ortiq foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. 2016-yil oxiridan boshlab Memrise monetizatsiya qilindi.
2017-yilda bu ilova eng yaxshi ilova nominatsiyasida Google Play mukofotini oldi.
Kelib chiqishi va rivojlanishi
Memrise platformasiga Buyuk xotira ustasi unvoniga ega Ed Kuk va Prinston universitetining inson xotirasini oʻrganishga ixtisoslashgan neyrobiologi Greg Detre tomonidan asos solingan. Sayt 2009-yilda Prinston tadbirkorlik klubining TigerLaunch tanlovida yutib chiqqanidan keyin yopiq beta-versiyada ishga tushirilgan. 2012-yil 1-oktabrda Memrise 1.0 nomidagi saytning beta-versiyasi sinovi uchun tizim 100 nafar foydalanuvchiga ochilgan.
2013-yil may oyidan boshlab Memrise ilovasini App Store (iOS uchun) va Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.
Intervalli takrorlashlar
Memrise raqobatchisi Duolingo singari til oʻrganishda oʻyin usulidan foydalanadi. Oʻrganishni tezlashtirish uchun intervalli takrorlash texnologiyasi qoʻllanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org