Membrana




Membrana (lot. membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk kontur (perimetr) boʻylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan plastinka. Turlicha bosimli ikki boʻshliqni yoki ayrim boʻshliq (hajm)ni umumiy boʻshliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bosim oʻzgarishlarini chiziqli siljishlarga va, aksincha, aylantirish uchun moʻljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato va boshqalar) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparatlarning tarkibiy qismi. U manometrlarsa sezgir element, nasos larda zichlash qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va boshqa asboblarda ham qoʻllanadi; 2) elastiklik nazariyasida — kontur boʻylab mahkamlangan egiluvchan yupqa plastinka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi. Osma tizimlarda koʻtaruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas, undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. M. choʻzilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga qarab hisobga olinadi.

Biologiyada




Fizikada




Texnikada




Yana qarang




Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz