Melvin Calvin




Melvin Calvin (1911.7.6, Sent-Pol, AQSH, Minnesota shtati – 1997.8.1, Berkeley) — amerikalik biokimyogar. Vashington Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Michigan togʻ ishi va texnologiyasi kollejini tugatgan (1931). Berklidagi Kaliforniya universiteti professor (1947-yildan). Ilmiy ishlari fotosintezga oid. Calvin oʻsimliklarning SO2 ni oʻzlashtirish paytda sodir boʻladigan biokimyoviy jarayonlar bosqichlarini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1961).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz