Melngaylis Emilis




Melngaylis Emilis [1874.3(15).2, hozirgi Riga tumani — 1954.20.12, Riga] — latish kompozitori, dirijyor va fol-klorshunos. Zamonaviy milliy musiqa yirik namoyandasi. Latviya xalq artisti (1945). Peterburg konservatoriyani tugatgan (1901). 1901—06 yillarda musiqa jurnalisti, 1906—18 yillar Toshkentda yashab, chet tillardan dare bergan. Rigadagi Qoʻshiq bayrami (1911 — 13), Latviya Qoʻshiq bayramlari (1926—38)ning tashkilotchisi va bosh dirijyori, Latviya kompozitorlar uyushmasi asoschilaridan (1923) va boshqaruvi raisi (1944—48), Latviya konservatoriyasi professor (1944-yildan). Latish xalq qoʻshiqlarini yigʻib, ulardan 4500 tasini nashr etgan ("Latish musiqiy folklori materiallari", 1—3 j., 1951—53), koʻplarini zamonaviy polifoniya vositalaridan foydalanib, xor uchun oʻziga xos uslubda qayta ishlagan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz