Meliyeva Shirin Yuldoshevna
Shirin (Sora) Yuldoshevna Meliyeva (1921.25.2—Kattaqoʻrgʻon — 2001.16.4) — aktrisa, rejissor Oʻzbekiston xalq artista (1964). 1937-yildan Katta-qoʻrgʻon teatrida aktrisa, rejissor (1948— 78 yillar direktor). Sahnada Xonzoda, Hojiona ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Kime ("Nurxon"), Martena ("Zoʻraki tabib"), Agafya Tixonovna ("Uylanish"), Farmonbibi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Ona ("Qonli toʻy") kabi yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. K.axramonlarning ichki ruhiy holatlarini yorqin va ishonarli talqin etish, turli qarashlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchli ehtiroslar orqali namoyish etish M. ijodiga xosdir. Rejissyor sifatida "Adolat" (I. Akromov), "Xolisxon" (Hamza), "Surmaxon" (B. Rahmonov), "Bahs" (M. Bayjiyev), "Ona" (S. Zunnunova), "Ogʻriq tishlar" (A. Qahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. "Elyurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan (1999).
Manbalar
uz.wikipedia.org