Melitopol




Melitopol (ukraincha: Мелітополь) — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1841-yildan). Molochna daryosi boʻyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 178,1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mashinasozlik yetakchi oʻrinda. Yirik korxonalari: motor ("Zaporojets" va "Volin" yengil avtomobillari uchun kuch agregatlari ishlab chiqariladi), sovitkichlar, traktor gidroagregatlari, oziq-ovqat mashinasozligi, kompressor zavodlari. Oziq-ovqat (goʻsht kombinati, sut, konserva, moy ekstraksiya zavodlari), yengil (tikuvchilik, trikotaj fabrikalari) sanoatlari rivojlangan. Pedagogika va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash institutlari, 2 texnikum, 2 oliy bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Melitopolga 1784-yilda asos solingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz