Melissa Roxburgh




Melissa Roxburgh (talaffuzi: Melissa Roksburg;1992-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik va amerikalik aktrisa. U oʻzining „Diary of a Wimpy Kid: Rodrick Rules“ (2011) va Diary of a Wimpy Kid: Dog Days (2012) filmlaridagi rollari, 2016-yilgi „Star Trek Beyond“ filmidagi Ensign Syl roli, "The Marine 4: Moving Target filmidagi Olivia Tannis obrazi hamda NBC / Netflix ilmiy-fantastik drama seriali Manifest dagi Michaela Stone rollari orqali mashhur.

Yoshligi



Roxburgh toʻrt farzandning ikkinchisi; uning ikkita singlisi (Kristie va Ashley) va bitta ukasi (Matt) bor.Uning otasi Cam kanadalik pastor va onasi, Shelley Walpole-britaniyalik hozirda isteʼfoga chiqqan professional tennischi.

Uning ota-onasi AQShdan Kanadaga koʻchib oʻtgach, Vancouverdagi cherkovga asos solgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Roxburgh Vancouverda aktyorlik faoliyatini boshladi. Roxburgh William Esper studiyasining bitiruvchisi hisoblanadi.

Faoliyati



U oʻzining dastlabki rolini Rachel rolida " Wimpy Kid: Rodrick Rules " filmida oldi. U Diary of a Wimpy Kid filmining ikkinchi davomi, Dog Days qismida ham paydo boʻldi, lekin boshqa qahramon sifatida Heather Hills filmida ham ishtrok etdi. Uning keyingi filmlardagi faoliyatiga Big Time Movie kinosi, Leprechaun: Origins kinosidagi Jeni roli va Star Trek Beyond filmida esa Ensign Syl obrazi kiradi.Uning

Roxburgh 2018-yil 24-sentyabrda boʻlib oʻtgan NBCning Manifest serialining premyerasida Maykl Stounni tasvirlaydi. 2021-yil 28-avgustda Manifestning toʻrtinchi va oxirgi mavsumlari Netflixda qayta namoyish etilishi eʼlon qilindi.

Shaxsiy hayoti



Roxburghning sayohatga boʻlgan ishtiyoqi baland edi. Oʻsib ulgʻayganida, uning oilasi Afrika, Yevropa va Janubiy Amerikaga tashrif buyurdi, bu esa Roxburghning ijtimoiy adolat masalalariga qiziqishiga sabab boʻldi. Hozirda u ekstremal gumanitar inqirozlarda insonlarga yordam beradigan Xalqaro Qutqaruv Qoʻmitasining (IRC) GenRning rahbari boʻlib xizmat qiladi. Manifestdagi ishidan oldin Roxburgh jurnalist boʻlish maqsadida Simon Fraser universitetida aloqa fakultetida tahsil oldi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz