Melissa (oʻsimlik)
Melissa - koʻp yillik oʻtlar guruhi,
Lamiaceae turkumiga mansum oʻsimlik. Vatani Yevropa va Osiyo boʻlsada boshqa koʻplab joylarda yetishtirilishi mumkin. (shuningdek, iqlimlashtirilgan). Melissa juda sovuqqa ham chidamli oʻsimliklar boʻlib, yoz issiq boʻlsa, toʻliq quyosh nuridan "himoyalangan" joylarni yoki yengil soyani afzal koʻradi. Ular tez oʻsadi. M.officinalis dunyoning koʻp mamlakatlarida tabiiy holda oʻsishi mumkin. Melissa nomi gullardagi nektarning koʻpligi tufayli "asal ari" degan ma'noni anglatuvchi yunoncha mélissa (mélissa) soʻzidan olingan. Poyasi yalpizlar oilasiga mansub boshqa oʻsimliklar singari toʻrtburchak shaklda. Barglari poyada qarama-qarshi juft boʻlib, odatda tuxumsimon yoki yurak shaklida boʻlib joylashgan. Melissa poya va barglaridan limon hidini chiqaradi. Yozda oq yoki sargʻish gullarning boshoqcha toʻpgul hosil qiladi. Bu turning eng koʻp yetishtiriladigan turlari (navlari) Amerika Qoʻshma Shtatlarida limon balzami va Angliyada balzam sifatida tanilgan Melissa officinalis hisoblanadi.
Turlari[1]
Melissa axillaris (Benth.) Bakh.f. - Xitoy (jumladan, Tibet + Tayvan), Himolay, Indochina, Sumatra, Yavada keng tarqalgan.
Melissa flava Benth. - Shimoliy + Sharqiy Hindistonning Tibet, Nepal, Butan, Himoloy togʻlari kabi hududlarda uchraydi.
Melissa officinalis L. - Oʻrta yer dengizi, janubi-gʻarbiy + Markaziy Osiyo, Portugaliya + Marokashdan Tojikistongacha; Shimoliy Yevropa, Yangi Zelandiya, AQSh, Kanada, Janubiy Amerika janubida iqlimlashtirilgan boʻlib, ushbu mintaqalarda koʻplab uchraydi.
Melissa yunnanensis (C.Y.Wu va Y.C.Huang) - Tibet, Yunnanda uchratish mumkin.
Lamiacea oilasi
Lamiacea oilasi gulli oʻsimliklar oilasi boʻlib, boshqacha yalpizdoshlar oilasi deb nomlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org