Melioranskiy Platon Mixaylovich




Platon Mixaylovich Melioranskiy (1868.18.11 — Sankt Peterburg — 1906.16.5) — rus sharqshunosi, turkiyshunos va moʻgʻulshunos.

Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetida tahsil olgan (1887—91); arab, fors, moʻgʻul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894—1906-yillarda Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetida privatdotsent, professor Melioranskiyning 2 qismdan iborat "Qozoq-qirgʻiz tilining qisqacha grammatikasi" (1894—97) asari bor. "Kosho-Soydamdagi qadimiy turkiy yodgorliklar" (V. V. Radlov bilan hamkorlikda, 1897) kitobini nashr etib, turkiyrunik yodgorliklarni oʻrganish ishiga asos solgan. Melioranskiyning ilmiy izlanishlari orasida rus tilidagi turkiy tillarga mansub unsurlarni qidirib topish va izohlashga bagʻishlangan tadqiqotlar alohida oʻrin egallaydi ("Igor jangnomasi" tilidagi turkiy elementlar", 1902; "Igor jangnomasi" tilidagi turkiy elementlar haqida", 1905 va boshqalar). U Muhammad Solihning "Shayboniynoma" dostonini, Rabgʻuziynint "Qisas ul-anbiyo" asaridan parchalarni va boshqa turkiy yozma yodgorliklarni nashr ettirgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz