Melilit




Melilit (yun. meli — asal va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral; okermanit-gelenit izomorf qatorining aʼzolaridan biri. Kimyoviy tarkibi: (Sa, Na)2 (Mg, Al) [(Si, Al)2 O7]. Qoʻshimchalari Mn2+, Fe2+. Taxtachasimon va qisqa ustunsimon. Tetragonal sistemada kristallanadi. Rangi och sariq, rangsiz. Asosan, donador agregat holida uchraydi. Qattikligi 5—6; zichligi 3,0— 3,3g/sm3. Bazalt, olivinitlarda, gab-broning ohaktosh va ishqorli jinslar bilan kontaklarida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida (Gʻovasoyda) skarnmagnetit jinslar va rudalarda topilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz