Meli Qoʻchqorov




Meli (Meyli) Qoʻchqorov (1918-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston ASSR – vafot sanasi nomaʼlum, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumanidagi Karl Marks nomidagi kolxoz brigadiri, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973).

Tarjimayi holi



Meli Qoʻchqorov 1918-yil Samarqand uyezdida (hozirgi Past Dargʻom tumani) dehqon oilasida tavallaud topgan. Maktabni tugatgandan keyin Qoʻchqorov Chkalov nomidagi kolxozda, Karl Marks nomidagi kolxozda kolxozchi ishlagan. Oʻsha paytda ushbu kolxozning raisi Sotsialistik Mehnat Qahramoni Joniqul Yusupov boʻlgan. 1950-yillardan Karl Marks nomidagi kolxozning paxtachilik brigadasi boshligʻi. Sakkizinchi besh yillikdagi (1966−1970) yuqori mehnat natijalari uchun Meli Qoʻchqorov Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan. Toʻqqizinchi besh yillikda (1971-1975) Meli Qoʻchqorov rahbarlik qilayotgan brigada paxtachilikda yuqori mehnat natijalarini koʻrsatgan. 1973-yilda Past Dargʻom tumani paxtakor jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan sotsialistik musobaqada yetakchi oʻrinni egallab, „Kommunistik mehnat jamoasi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 1973-yil 10-dekabrda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoni bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlandi. Oʻninchi besh yillik (1975-1980) reja va majburiyatlarini muddatidan oldin bajarganligi uchun esa Oktyabr Inqilobi ordeni bilan taqdirlangan. 1983-yilda Meli Qoʻchqorov rahbarligidagi brigada har gektar maydondan 70 sentnerdan paxta hosili olishgan. Pensiyaga chiqqandan keyin Past Dargʻom tumanida yashagan. Vafot etgan sanasi nomaʼlum.

Mukofotlari



1973-yil 10-dekabrda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni, 1971-yil 8-aprelda Mehnat Qizil Bayroq ordeni, 1980-yil 4-martda Oktyabr Inqilobi ordeni, shuningdek, „Shavkatli mehnat uchun“ medali, VDNX medali bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz