Melanie Martinez
Melanie Adele Martinez (1995-yil 28-aprelda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Kvins shtatining Astoriya shahrida tugʻilgan va Nyu-Yorkning Bolduin shahrida oʻsgan Martinez 2012- yilda Amerika televideniyasi „The Voice“ vokal talant shousida qatnashganidan soʻng mashhurlikka erishdi. Shoudan soʻng u oʻzining debyut singli „Dollhouse“ ni, soʻngra Atlantic Records orqali xuddi shu nomdagi debyut EPni (2014) chiqardi.
Keyinchalik Martinez oʻzining „Cry Baby“ (2015) debyut studiyaviy albomini chiqardi, u Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi tomonidan ikki marta platina sertifikatiga ega boʻldi. Martinezning „Sippy Cup“, „Mad Hatter“, „Mrs. Potato Head“, „Cry Baby“, „Pacify Her“ va „Soap“, hammasi AQShda oltin sertifikatga ega boʻlgan va uning „Dollhouse“ va „Pity Party“ qoʻshiqlari RIAAdan platina sertifikatini oldi.
Martinez „K-12“ (2019) nomli ikkinchi studiya albomini „Cry Baby“ hikoyasining davomi sifatida unga qoʻshiladigan film bilan birga chiqardi. Uning EPi bir yil oʻtib, 2020-yilda „After school“ deb nomlangan.
Yoshlik davri
Melanie Adele Martinez 1995-yil 28-aprelda Astoriya, Kvinsda kelib chiqishi Dominikan va Puerto-Riko boʻlgan ota-onasi Mery va Jose Martinezlar oilasida tugʻilgan, Uning oilasi Martinez toʻrt yoshga toʻlganida, Long -Aylenddagi Bolduinga, Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi. U Brandy, Britney Spears, Shakira, The Beatles, Tupac Shakur, Biggie Smalls va Kristina Agileralarni sevib tinglagan va yoshligidan qoʻshiqchi boʻlishni xohlagan.
Martinez Plaza boshlangʻich maktabida oʻqidi, oʻqituvchisi janob Nadien unga qanday qoʻshiq aytishni oʻrgatgan va bolalar bogʻchasida Martinez sheʼr yozishni boshlagan. Martinezning aytishicha, uning doʻstlari kam boʻlgan va uyda vaqt oʻtkazishni yoqtirgan, chunki u „juda hissiyotli“ boʻlgan va his-tuygʻularini tushuntirishga qiynalgan va haddan tashqari yigʻloqi boʻlgan. U fotografiya va rasm chizish bilan shugʻullangan. Bolaligida emotsionalligi tufayli boshqalar uni „yigʻlayotgan chaqaloq“ deb nomlashganini aytadi, bu uning „Cry Baby“ nomli debyut albomining qahramonini yaratishga turtki boʻlgan.
Martinez „anʼanaviy Lotin xonadonida“ oʻsgan va u yerda u oʻzining jinsi haqida gapirishdan uyalgan va agar u biseksual boʻlib chiqsa, oilasi uni qabul qilmaydigandek his qilgan oʻzini. Uning soʻzlariga koʻra, oilasi hozir uning jinsiy orientatsiyasini toʻliq qabul qilmoqda.
Oʻn toʻrt yoshida Martinez oʻziga yoqqan internetdan topgan qoʻshiqlarning akkord diagrammalarini oʻrganish orqali oʻzini gitara chalishga oʻrgatdi va oʻzining sheʼrini akkord diagrammalaridan biriga qoʻshib oʻzining birinchi qoʻshigʻini yozdi lekin gitara „eskirgan“ edi. Martinez Bolduin oʻrta maktabini tamomlagan.
Karyera
2012: Boshlangʻich harakati va The Voice koʻrsatuvi
2012-yilda, Martinez oʻrta maktabda oʻqiyotganda, iqtidorlar televizion tanlovi - MSG Varsity Talent Showda ishtirok etdi. U The Beatles guruhining Barrett Strongningning „Money (Thatʼs What I Want)“ va The Four Tops guruhining „Shake Me, Wake Me (When Itʼs Over)“ qoʻshiqlarini kuyladi. U ikkinchi raunddayoq magʻlub boʻldi.
Keyinchalik 2012-yilda Martinez "The Voice" ning uchinchi mavsumi uchun tinglovdan oʻtdi. U tinglovdan oldin shouni tomosha qilmagan edi. Dastlabki, televideniyesiz tinglov Javits Centerda boʻlib oʻtgan ochiq qoʻngʻiroq edi. Uning eslashicha, u onasi bilan tinglovga ketayotib, Kvins-Midtown tunneliga yetib bormasdan onasining mashinasi buzilib qolgan va ikkalasi u yerga borish uchun taksida „avtostop“da yurishga majbur boʻlishgan. Dastlabki tinglovdan bir necha oy oʻtgach, Ruzvelt Field Mallda boʻlganida, Martinez „ikkinchi bosqichga“ oʻtganligi haqida xabar oldi. Keyin u shouning oʻzida tinglash uchun tanlanmaguncha bir nechta qoʻngʻiroqlarni oldi.
Martines Britni Spirsning „Toxic“ qoʻshigʻini kuylash boʻyicha tinglovdan oʻtdi. Toʻrt hakamdan uchtasi, Adam Levin, CeeLo Green va Bleyk Shelton, uning uchun „Men seni xohlayman“ tugmasini bosdi. Martines uning murabbiyi sifatida Adam Levinni tanladi.
Jang raundida Martinez Keytlin Mishelga qarshi bahslashdi. Ular Elli Gouldingning „Lights“ qoʻshigʻining duetini ijro etishdi. Martinez gʻalaba qozondi va nokaut raundiga oʻtdi. Nokaut raundida Martinez Sem Jeyms bilan bir guruh boʻldi. U La Rouxning „Bulletproof“ qoʻshigʻini kuylashni tanladi. Levin Jeymsni oʻtkazib yubordi va Martinez Team Adamning qolgan besh aʼzosidan biri sifatida Live Roundiga oʻtdi. Jonli raundlarning birinchi haftasida Martinez „Hit the Road Jack“ ni kuyladi. Ommaviy ovoz berish Team Adam aʼzolari Amanda Braun va Brayan Keytni saqlab qoldi.
Keyin Levin tanlovda qoldirish uchun Loren Allred va Xoselin Rivera oʻrniga Martinezni tanladi. Uchinchi haftada Martinezning „Seven nation Army“ ijrosi ovoz berish davrini iTunes Top 200 yagona jadvalida 10-oʻrinda yakunladi va bu uning iTunes ovozlarini oʻnga koʻpaytirishga sabab boʻldi. Bu toʻrtinchi haftada yana sodir boʻldi, „Too Close“ ovoz berish muddatini #6 da tugatdi. Martinez beshinchi haftada tomoshabinlar ovozi bilan, Team Adam aʼzosi Amanda Braun bilan birga oʻtkazib yuborildi va Levinni artistsiz qoldirdi. Bunga javoban Martinez shunday dedi: „Men hech qachon bunchalik uzoqqa borishni kutmagandim va bu men orzu qilgan narsadan ham oshib ketdi. Artist sifatida kim ekanligimni bildirganimdan va odamlarning qalbiga taʼsir qilganimdan juda xursandman, chunki bu asosiy maqsad edi.“
2013-2014: Dollhouse (qoʻgʻirchoq uyi)
Shovdan soʻng Martinez asl material ustida mustaqil ishlay boshladi, uning aytishicha, u 2013- yilning koʻp qismini uni yozishga sarflagan. U 2014-yil 9-fevralda oʻzining debyut singli „Dollhouse“ni chiqardi.
2014-yil 7-aprelda Martinez Atlantic Records bilan shartnoma imzoladi va gastrol safariga borishini eʼlon qildi. U 2014-yil 19-may kuni oʻzining debyut EP " Dollhouse "ni chiqardi EP dan yagona singl „Carousel“, shuningdek , Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi va FXning "American Horror story: Freak Show " mini-seriyasi uchun premyera sifatida namoyish etildi. Qoʻshiq Alternative Digital Songs chartida toʻqqizinchi raqamga chiqdi. Trek uchun klip ham chiqdi.
2020 — hozirgi kun: After school (Maktabdan keyin)
2020-yil yanvar oyida Martinez „After School“ nomli qoʻshiqlar toʻplamini eʼlon qildi va bu sarlavhani Instagram hikoyalari orqali ochib berdi. 2020-yil 10-fevralda Martinez rahbariyati After Schooldan „Copy Cat“ nomli birinchi singlni chiqardi. Qoʻshiqda amerikalik reper va qoʻshiq muallifi Tierra Whack ishtirok etdi. Bu birinchi marta Whack Melanie Martinez bilan professional darajada ishlagan va birinchi marta Melanie Martinez oʻz qoʻshiqlaridan birida boshqa artistni namoyish etgan holat edi. Keyinchalik Martinez 2020-yil 26-iyun kuni „Fire Drill“ EPdan ikkinchi singlni chiqardi. Qoʻshiq avvalroq uning „K-12“ filminida ketma-ketlikda tasvirlangan edi.
Uning dastlab 2015-yilda Cry Baby’ning hashamatli nashrida chiqarilgan „Play Date“ qoʻshigʻi TikTokda mashhurlikka erishgandan soʻng AQShda Spotify’da eng koʻp oʻynalgan 100 ta qoʻshiqdan biriga aylandi.
Badiiylik
Musiqiy uslub
Martinez musiqasi pop, alternativ pop, art pop, elektropop, emo pop, va dark-pop sifatida tavsiflangan.
Uning debyut albomi Cry Baby va ikkinchi albomi K-12 hip-hop va R&B ohanglariga ega.
Martinez qoʻshiqlarining mavzusi odatda shaxsiy tajribaga asoslanadi. Martinez oʻzining musiqasini „juda qorongʻu va halol“ va „chaqaloq pianinolari, musiqa qutilari va oʻyinchoqlar kabi dahshatli nostaljik bolalar tovushlari bilan hip-hop/trapdan ilhomlangan ritmlar“ deb taʼriflaydi.
Taʼsirlari
Martinez oʻzining ilhomlantiruvchilari sifatida Beatles, Neytral Milk Hotel, Feist, Kimbra, Zooey Deschanel, Regina Spektor va CocoRosie -ni keltirdi. Uning musiqasiga taʼsir qilgan oʻziga xos albomlar qatoriga Fiona Apple tomonidan The Idler Wheel… va Ariana Grandening Yours Truly va My Everything albomlari kiradi. U oʻz musiqasidagi „xip-xopning kuchli taʼsirini“ otasining bolaligida oilaning uyida tez-tez xip-xop musiqasini ijro etishi bilan bogʻlaydi.
Martinezning musiqiy videolaridagi tasvirlar uning sevimli vizual rassomlari tomonidan taʼsirlangan: Mark Ryden, Aleksandra Valiszewska va Nikoletta Ceccoli. Unga katta taʼsir koʻsatgan insonni Tim Burtonni deb ataydi va u bilan film suratga olish uning „orzularidan biri“ ekanligini aytdi.
Shaxsiy hayot
Martinez biseksual. 2021-yilda Martinez oʻzining Instagram tarjimai holini yangiladi va they/them (ular/ularniki) olmoshlaridan foydalanishini aytdi.
Mahsulotlari
Martinez kosmetika kompaniyasi Lime Crime, Inc. bilan hamkorlikda ikkita „eksklyuziv“ lab boʻyogʻini chiqardi: 2015-yil 17-avgustda „Cry Baby“ deb nomlangan koʻk rangli lab boʻyogʻi va 2016-yil 9-martda „Teddy Bear“ deb nomlangan jigarrang lab boʻyogʻini. 2016-yil 25-oktyabrda u Cry Baby Perfume Milk nomli yangi atir uchun reklama roligini chiqardi. U toʻgʻridan-toʻgʻri Martinezning yorligʻi tomonidan tarqatildi, bu xushboʻy hidni tarqatadigan birinchi rekord yorliq edi.
Ommaviy tasvir
Oʻn olti yoshida, 101 Dalmatinni tomosha qilgandan soʻng, Martinez sochlarining yarmini Kruella de Vil bilan bir xilda sariq rangga boʻyadi. U tashqi koʻrinishi bilan bir qatorda musiqiy videolarda va ijro paytida „qoʻgʻirchoq chaqaloq“ dan ilhomlangan liboslari bilan mashhur boʻldi.
Filmografiya
Film
Televideniye
Veb
Tur
Sarlavha Qoʻllab-quvvatlovchi Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
uz.wikipedia.org