Melanfo




Melanfo (qadimgi yunoncha: Μελανθώ) — yunon mifologiyasi va Gomerning „Odisseya“ asari qahramoni, Odisseyning uyidagi xizmatkorlardan biri, uning xizmatkori Doliyning qizi.

Mifologiya



Melanfo — „Odisseya“ ning kichik qahramonlaridan biri. U „Oʻtkir tilli“ sifatida tasvirlangan boʻlib, Odisseyning itakalik choʻpon xizmatkori Melanfiyning singlisi va Doliyning qizi. Penelopaning xizmatkorlari orasida u eng sevimlilaridan biri. Uning tarbiyasida Penelopa shaxsan ishtirok etgani aytiladi. Bolaligidan egalari unga koʻp eʼtibor berishgan, unga turli oʻyinchoqlar berishgan, shirinliklar bilan siylashgan, qizi kabi muomala qilishgan.

Odisseyning rafiqasi unga juda gʻamxoʻrlik qilganiga qaramay, Melanfo xiyonatkor boʻlib oʻsdi va unga va uning oilasiga qora noshukurlik bilan munosabatda boʻldi. U Odisseyning koʻp yillar davomida yoʻqligida uning xotiniga sovchilik qilish uchun ularning uyiga kelgan Penelopaning muxlislari bilan yotgan xiyonatkor xizmatkorlardan biri edi. Melanfoning oʻzi Penelopaning daʼvogarlaridan biri Yevrimax bilan yashirincha sevgi ittifoqi tuzadi. Odissey tilanchi qiyofasida bolib, nihoyat qaytib kelganida, Melanfo u bilan juda qoʻpol muloqot qildi va uni oʻz uyiga kiritmadi. Undan tunash uchun turar joy bilan taʼminlashni soʻraganida, u qoʻpollik bilan unga oʻxshagan odamlar temirchilik ishxonasida yoki zakutada — Itakaga tasodifiy tashrif buyuruvchilar odatda joylashgan joylarda tunashlari kerak, deb javob berdi.

Odissey barcha daʼvogarlarni oʻldirgandan soʻng, bevafo xizmatkorlarni zalni qondan yuvishga majbur qilishdi. Shundan soʻng, Odisseyning oʻgʻli Telemax ularning barchasini osib qoʻydi. Gomer Melanfoning bu xizmatkorlar orasida boʻlgan-boʻlmaganiga aniqlik kiritmagan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz