Melamin-form aldegid smolalar




Melamin-form aldegid smolalar — melamin bilan formaldegidnint ishqoriy va kislotali katalizatorlar ishtirokida polikondensatlanishidan hosil boʻlgan termoreaktiv oligomer mahsulotlar. M.-f.s. plastmassa, lok va qogʻoz tayyorlashda, toʻqimachilikda, shuningdek, melaminli pressmateriallar va melaminli plastiklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Asbest va shisha tolasi qoʻshilgan melaminli pressmateriallar issiqqa va elektr uchquniga chidamli. Ulardan elektr as-boblar yasaladi. Sellyuloza qoʻshilgan melamin-formaldegid pressmateriallardan yengil va mustahkam idishlar tayyorlanadi. Melaminli plastiklar qurilishda, mebelsozlikda va boshqalarda ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz