Mel Ferrer




Mel Ferrer (inglizcha: Mel Ferrer; 1917-yil 25-avgust — 2008-yil 2-iyun) amerikalik aktyor, rejissor va produser.

Biografiyasi



Melchor Gaston Ferrer Uning ajdodlari katolik boʻlgan. Ispaniya (Kataloniya) va Irlandiyadan kelgan muhojirlar edi. Nyu-Jersida tugʻilgan. Ferrer oʻzining aktyorlik faoliyatini 1930-yillarning oʻrtalarida yozgi teatrlardagi chiqishlardan boshlagan. 1937-yilda u Brodvey tatrida raqqos sifatida faoliyatini boshladi va ikki yildan soʻng u aktyorlik debyutini qildi.

1946-yilda Ferrer Brodvey spektakllaridan birida rejissor sifatida ishladi va shu bilan birga rejissor sifatida debyut qildi. Faoliyati davomida u oʻnta film suratga oldi, shuningdek, kino va televideniyada yuzdan ortiq rollarni ijro etdi. Uning kino asarlari orasida eng koʻzga koʻringanlari „Skaramuche“dagi Noel (1952), „Lili“ dagi Pol Bertalelet (1953), „Davra stol ritsarlari“da Artur (1953), „Urush va tinchlik“da Andrey Bolkonskiy (1956) va „Quyosh ham chiqadi“ dramasidagi Robert Kondir(1957).

Produser sifatida u oʻzini 1967-yilda suratga olingan, oʻz rafiqasi Odri Xepbern bosh rolni ijro etgan „Qorongʻigacha kutib turing“ trillerida muvaffaqiyatli koʻrsatdi. Oʻgʻli Shonni dunyoga keltirgan Xepbernga uylanishidan oldin aktyor uch marta turmush qurgan va besh farzandning otasi edi 1971-yilda, Xepbern bilan ajrashganidan uch yil oʻtgach, Ferrer boshqa turmush qurdi (beshinchi marta: Yelizaveta Suxotina), bu safar 2008-yil iyun oyida yurak yetishmovchiligidan vafot etguniga qadar umrining oxirigacha rafiqasi bilan yashadi.

Kino sanoatiga qoʻshgan hissasi uchun Mel Ferrer "Shon-shuhrat xiyoboni"da yulduzga ega.

Filmografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz