Meksika milliy futbol terma jamoasi
Meksika milliy futbol terma jamoasi (ispancha: Selección de fútbol de México) futbol boʻyicha xalqaro musobaqalarda Meksika davlati sharafini himoya qiladi va Meksika Futbol Assotsiatsiyasi Federatsiyasi (FMF) tomonidan boshqariladi. Meksika terma jamoasining uy stadioni Azteca stadioni (isp: Estadio Azteca), jamoa bosh murabbiyi Miguel Herrera. Hozirda jamoa FIFA Dunyo reytingida 20-oʻrinni egallab turibdi, xalqaro Elo reytingi boʻyicha 16-pogʻonada turibdi.
Meksika jahon chempionatlarida 15 marta va 1994-yildan beri uzluksiz ishtirok etib kelmoqda, bunaqa natijaga dunyo boʻyicha faqat 6ta terma jamoa erishgan. Meksika terma jamoasi Braziliya va Olmoniya jamoalari bilan bir qatorda oxirgi 5ta jahon chempionatlarida guruh bosqichlaridan pley-off bosqichiga chiqib kelmoqda. Meksika 1930-yil 13-iyulida ilkjahon chempionatida Fransiya bilan oʻynagan. Meksikaning jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi koʻrsatkichi 1970 va 1986-yilgi jahon chempionatlarida chorak finalgacha yetib kelgan, oʻshanda har ikki jahon chempionatiga Meksika mezbonlik qilgan edi.
Meksika CONCACAF boʻyicha eng omadi chopgan terma jamoadir, 9 marta CONCACAF chempionati gʻolibi, shulardan, 6 tasi CONCACAF Oltin kubogi ulushiga teng, bir marta Shimoliy Amerika millatlar kubogi va 3 marta SAFK chempionati gʻolibi boʻlgan. Meksika CONCACAF boʻyicha yagona FIFA musobaqalari FIFA Konfederatsiyalar kubogi 1999 gʻolibidir.
Hozirgi tarkib
uz.wikipedia.org