Meksika boʻrisi
Meksika boʻrisi - Boʻrilarning Canis lupus kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Janubiy-sharqiy Arizona, Janubiy New Mexico va Meksikaning shimoliy hududlarida yashaydi. U bir paytlar gʻarbiy Texasda ham tarqalgan. Katta ehtimol bilan uning ajdodlari Shimoliy Amerikadagi birinchi kulrang boʻrilardan boʻlgan. U xalq orasida lobo nomi bilan ham tanilgan. AQSHning 1972-yildagi Endangered Species Act qonuniga asosan yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kiritilgan.
Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Shimoliy Amerikadagi kulrang boʻrilarning eng kichigi boʻlib, turdoshi C. l. nubilusga oʻxshab ketadi. Ammo kichik jussasi, tor bosh chanogʻi va nisbatan toʻq yungi bilan ajralib turadi. Yungi sargʻish-kulrang, orqasi va dumi esa qora tusga ega.
Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Meksika boʻrisi dunyodagi qolgan boʻrilar kabi yirik tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi. Rocky Mountain bugʻusi boʻri ozuqasining 76-80%ini tashkil qiladi. Shu jumladan u xachir kiyik, oq dumli kiyik, pekari kabi Shimoliy Amerikaga xos turlar va boshqa quyon va olmaxon kabi kichik sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Chorva mollari oʻtlaydigan yerlarda ozuqasining 16%iga yaqinini chorva mollari tashkil etadi. Meksika boʻrisi yashaydigan yerlarda boshqa etxoʻrlar ham yashaydi. Ular togʻ sherlari, qora ayiqlar, koyotlar, yovvoyi mushukalar, qizil va kulrang tulkilardir.
Hozirgi aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fish and Wildlife Servicesning aniqlashicha 2023-yil 28-fevral holatiga Janubi-gʻarbiy Amerikadagi erkinlikdagi meksika boʻrilarining soni 241taga yetgan. Ularning 136tasi New Mexicoda and 105tasi Arizonada. Boʻri bolalarining yillik yashab ketish darajasi 67%ni tashkil etdi. 109ta boʻriga (boʻrilarning 45%ida) ularni monitor qilish va boshqarish uchun boʻyinbogʻlar taqilgan. 2022 yili 2017-yildan beri eng kam oʻlim (12ta oʻlim) qayd etilgan yilga aylandi. Tutqunlikdagi jami Meksika boʻrilari soni 380tani tashkil etgan. Meksikada esa 45ga yaqin ushbu turdagi boʻrilar mavjud.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
uz.wikipedia.org