Meksika ayollar ligasi
Meksika ayollar ligasi (shuningdek,
Liga MX Femenil (rasmiy ravishda homiylik sabablarga koʻra
Liga BBVA MX Femenil nomi bilan tanilgan) deb ham nomlanadi) Meksikadagi ayollar futbolining eng yuqori toifali ligasi hisoblanadi. Meksika Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ushbu professional ligada 18 ta jamoa mavjud. Erkaklar ligasiga oʻxshab Meksika ayollar ligasining har bir mavsumida ikkita ichki turnir mavjud: iyuldan dekabrgacha oʻtkaziladigan apertura turniri va yanvardan maygacha boʻlib oʻtadigan clausura turniri.
Meksika ayollar ligasining birinchi rasmiy musobaqalari 2017-yilning may oyida, ilk mavsum esa 2017-yil iyulida boshlangan. Meksika ayollar ligasi bosh direktori Enrique Bonillaning taʼkidlashicha: „Meksika ayollar ligasi Meksika ayollar milliy futbol jamoasiga yulduz futbolchilarni tarbiyalash va butun mamlakat boʻylab ayollar futboli uchun infratuzilmani yaratish maqsadida yaratilgan“.
Meksika ayollar ligasining amaldagi chempioni 2022-yil 23-mayda bo‘lib o‘tgan Meksika ayollar ligasi finalida CF Pachuca jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etgan Gvadalajara jamoasi hisoblanadi. Meksika ayollar ligasi (Liga MX Femenil) hozirda koʻtarilish va quyi ligaga tushirish tizimiga ega emas.
Tarixi
Liga Mexicana de Fútbol Femenil
2007-yilda Meksikada Liga Mexicana de Fútbol Femenil turniri orqali ayollar futbolini professionallashtirishga urinish boʻldi. Liga biroz muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da (ayniqsa, Meksika terma jamoasi 2010-yilda birinchi marta Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etganida shov-shuv boʻlgan), liga katta homiylikka ega emas edi va ommaviy axborot vositalarida yoritilmagan.
2012-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Futbol Federatsiyasi, Kanada Futbol Assotsiatsiyasi, Meksika Futbol Federatsiyasi USL ayollar ligasi va Shimoliy Amerika Ayollar Premier-Ligasini tuzishdi.
Homiylik
Uchinchi mavsum oldidan (2019-yil) BBVA México kompaniyasi Liga MX va Ascenso MX ligalaridan tashqari Meksika ayollar ligasi (
Liga MX Femenil )ga ham homiylik qilishini eʼlon qildi. Kamida uch yilga moʻljallangan homiylik shartnomasi asosida Meksika ayollar ligasi nomi 2019-yil iyun oyida
Liga BBVA MX Femenil ga oʻzgartirildi
Jamoalar
Quyidagi 18 ta klub 2022-23 yilgi mavsumda MX Femenil Ligasida ishtirok etadi.
Chempion jamoalar roʻyxati
Chempion jamoalar reytingi
Meksika ayollar ligasi oʻyinlarni efirga uzatish
Bosh murabbiylar roʻyxati
Meksika ayollar ligasi (Liga MX Femenil)ning hozirgi jamoalari bosh murabbiylar roʻyxati.
Eng yaxshi toʻpurarlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org