Mejov Vladimir Izmailovich




Vladimir Izmailovich Mejov [1830.17(29).5, Saratov - 1894.17(29).5, Peterburg)] — bibliograf. Peterburg ommaviy kutubxonasida ishlagan (1851—60). Mejov tarix, geogr., etnografiya, huquq, adabiyotga oid bir qancha bibliografik asarlar yaratgan. Uning , ayniqsa, 416 jildli Oʻrta Osiyo va Turkiston oʻlkasiga oid asarlar va maqolalar toʻplami — "Turkiston toʻplami" mashhur (unga ilova etilgan 3 jildli sistemali va alfavitli koʻrsatkich ham mustaqil bibliografik ahamiyatga ega). Bu toʻplam Oʻrta Osiyoning hamma sohasiga oid 1867—87 yillardagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan eng boy manba hisoblanadi. Mazkur asar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.

Manbalar




Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz