Mejdu samanidami i mongolami




Mejdu samanidami i mongolami , toʻliq nomi Mejdu samanidami i mongolami: arxitektura Sredney Azii XI—nachala XIII vv. (ruscha: Между саманидами и монголами: архитектура Средней Азии XI—начала XIII вв.) — Sergey Xmelnitskiyning Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi tarixiga atab yozilgan monografik kitoblaridan soʻnggilari. Birinchi qismi 1996-yil, ikkinchisi — 1997-yil Berlin va Riga shaharlarida „Gamajun“ nashriyotida qattiq jildda chop etilgan.

Kitoblarda XI asrdan XIII asr boshlarigacha boʻlgan davrni qamrab olgan Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi va uning tarixi toʻgʻrisida soʻz boradi.

Kitoblarda monografiya mavzusi qamrab olgan davrga oid shaharsozlik, qurilish materiallari, konstruksiyalar va meʼmoriy shakllar, shakllantirish va mutanosiblashtirish usullari, masjidlar, minoralar, yodgorlik inshootlari, madrasalar, xonaqohlar, karvonsaroylar, saroylar, qasrlar, qoʻrgʻonlar, kaftarxonalar, shahardagi uy-joylar, hammomlar va sardobalar aniq misollar bilan yoritib berilgan.

Kitoblarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: V. Reshetov – rasmlari muharriri, A. Bayanova – nashr uchun masʼul, N. Juk — layout operatori, E. Loyans – musahhih.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz