Meikayla Moore
Meikayla Jean-Maree Moore (talaffuzi: Meikayla Jan-Mari Mur) (1996-yil 4-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi. Meikayla Moore Shotlandiya ayollar Premyer-ligasi vakili „Glasgow City“ futbol klubi va Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida himoyachi sifatida oʻynaydi. 2022-yil fevral oyida Moore SheBelieves kubogi doirasida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida AQSh ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda avtogollar hisobiga ajoyib xet-trik qayd etdi.
Faoliyati
Meikayla Moore 2012-yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U Yangi Zelandiyaning uchta guruh oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
Meikayla Moore 2013-yil 26-sentyabrda Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda (4:0) zaxira o‘yinchisi sifatida maydonga tushirilgan.
Meikayla Moore 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining aʼzosi edi.
2019-yil aprel oyida Meikayla Moore 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun tuzilgan Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibga kiritildi. Ammo jarohatlari tufayli musobaqada qatnasha olmadi.
15 oy oʻtgach, Meikayla Moore jarohatdan tuzaldi. Shundan soʻng, Meikayla Moore Angliya ayollar chempionati vakili „Liverpool“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
2022-yil 20-fevralda Meikayla Moore SheBelieves kubogi doirasida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida AQSH ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda oʻz darvozasiga 3ta avtogol joyladi. Shundan soʻng, Meikayla Moore Sten van den Buysdan keyingi avtogollar xet-trikini qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Xalqaro oʻyinlardagi gollar
Manbalar
uz.wikipedia.org