Mehtar Anbar madrasasi




Mehtar Anbar madrasasi (Attor madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda madrasada Mehtar Anbar nomli mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda.

Tarixi



Madrasa 1870-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Mehtar Anbar guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida bunyod etilgan.

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

Hozirda inshootda Mehtar Anbar nomli mehmonxona oʻz faoliyatini olib boryapti.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan.

Meʼmorchiligi



Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 22 ta hujradan iborat.

Manbalar




Havolalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz