Mehrobod xalqaro aeroporti




Mehrobod xalqaro aeroporti (forscha: فرودگاه بین المللی مهرآباد, Foroudgâh-e Beyn Almelali-ye Mehrobâd) (IATA: THR , ICAO: OIII ) – Eron poytaxti Tehronga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. Aeroport hozirda faqat mahalliy reyslarni qabul qilsa-da, 2007-yilda undan kattaroq Imom Xumayniy xalqaro aeroporti qurilishidan oldin xalqaro va mahalliy qatnovlar uchun Tehronning asosiy aeroporti boʻlgan. Shunga qaramay, 2016-yilda Mehrobod aeroporti yoʻlovchilar soni boʻyicha Erondagi eng gavjum aeroport boʻlib, jami 16 678 351 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aeroportdan Eron hukumati ham foydalanadi va Eron havo kuchlarining bazalaridan biri hisoblanadi.

Tarixi




Aeroport birinchi marta 1938-yilda aviatsiya klubi samolyotlari uchun aerodrom sifatida foydalanilgan, Ikkinchi jahon urushidan soʻng 1949-yilda Eron fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ICAOga qoʻshilishi orqali xalqaro miqyosda tan olinishi bilan birga aeroport havo kuchlari bazasiga ham aylantirildi.

1956-yil aprelda Lockheed T-33A Shooting Star (oʻquv-mashq samolyoti), 1957-yil may oyida Republic F-84G Thunderjets (qiruvchi) samolyotlari Eron havo kuchlariga yetkazib berildi. 1955-yilda birinchi asfalt qoplamali uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilgandan soʻng, xalqaro va mahalliy reyslar uchun yangi terminal binosi (hozirgi 1-terminal) loyihalashtirildi va qurildi. 1961-yilda Mehrobod aeroportiga uchib ketish uchun ishlatiladigan yon bino (hozirgi 2-terminal) qoʻshildi.

1975-yil may oyida Iran Air Mehroboddan Boeing 707 bilan London orqali Nyu-Yorkka parvozlarni amalga oshira boshladi. Aviakompaniya iyun oyida Boeing 747SP samolyotlaridan foydalangan holda Nyu-Yorkka toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovni yoʻlga qoʻydi. 1977-yilda Tehrondan 35 kilometr (22 mi) uzoqlikda yangi aeroport qurilishi boshlandi. Shahar Mehrobod atrofida oʻsib borishi bilan, aerodrom esa katta tirbandlik bilan yuzlashdi. 1970-yildan 1976-yilgacha yoʻlovchilar soni 900 mingdan 3 million 20 minggacha koʻtarildi. 1979-yil 24-yanvarda Oyatulloh Ruhulloh Xumayniyning Parijdagi surgundan Eronga qaytishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida harbiylar Mehrobod va mamlakatning boshqa aeroportlarini oʻz nazoratiga oldilar. Oxir oqibat, Xumayniyning qaytishiga ruxsat berildi va sakkiz kundan keyin unga Air France aviakompaniyasining charter reysida Mehrobodga yetib keldi. 1980-yil sentyabr oyida Eron-Iroq urushining boshida Iroq kuchlari aeroportga havo hujumi uyushtirdi. 1980-yillarda Mehrobodning marshrut tarmogʻi Parijdan Pekingacha boʻlgan yoʻnalishni qamrab olgan.

2000-yilga kelib, aeroport harbiy parvozlardan tashqari har yili toʻqqiz million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aviakompaniyalar tirbandlik tufayli oʻz mijozlariga uchib ketishdan uch soat oldin Mehrobodga yetib kelishni tavsiya qilishgan. Hozir Imom Xumayniy nomi berilgan yangi aeroport 2004-yilda ochilgan. Biroq, siyosiy omillar barcha xalqaro reyslarni ushbu aeroportga oʻtkazishni kechiktirdi. Iran Air 2007-yil mart oyida Boeing 747 samolyotida Karakasga parvozlarni boshladi. Parvozlar Damashq aeroportida toʻxtab oʻtgan va Venesuelaning Conviasa aviakompaniyasi bilan kodshering shartnomasi asosida amalga oshirilgan. Yetti oy oʻtgach, Iran Air bu yoʻnalishni Conviasaga topshirdi. Venesuela aviakompaniyasi ushbu yoʻnalishda Airbus A340 samolyotlaridan foydalangan. 2007-yilning noyabrigacha barcha xalqaro reyslar Imom Xumayniy aeroportiga koʻchirildi.

2020-yil iyun oyida Mehrobod aeroporti 4- va 6-terminallarning oʻrniga yangi terminal qurilishini maʼlum qildi. Yangi terminalda 20 ta eshik (10 ta teletrapli) va yangi CIP terminali boʻlishi kerak. Qurilish qachon boshlanishi maʼlum emas.

Faoliyati



Mehrobod aeroporti faqat mahalliy reyslarga xizmat koʻrsatadi. 2022-yilning martidan 2023-yilning martigacha aeroport 12,3 million yoʻlovchini qabul qilgan.

Imkoniyatlari



Mehrobod xalqaro aeroporti 4 ta terminaldan iborat:

Boshqa imkoniyatlari



Aeroportda Iran Air va Eron fuqaro aviatsiyasi tashkilotining bosh ofislari joylashgan. Bundan tashqari, Iranian Airports kompaniyasining bosh ofisi Mehrobod aeroportida, 2-terminal yaqinida joylashgan.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar




Aeroportga kirish



Aeroportga Tehron metropolitenining ikkita bekati xizmat koʻrsatadi. Bekatlardan biri 1- va 2-terminallar kirish uchun, ikkinchisi esa 4- va 6-terminallarga kirish uchun moʻljallangan.

Yana qarang




Manbalar



 Bu maqola Air Force Historical Research Agency.
agentligining jamoat mulki materiallarini oʻz ichiga oladi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz