Mehrnoz (obraz)
Mehrnoz yoki
Nozmehr – Alisher Navoiyning “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi “Saddi Iskandariy” dostonidagi asosiy qahramon Iskandarning ikkinchi xotini, Kashmir shohi Malluning qizi. Dostonda u goʻzal va nozli qiz deya taʼriflanadi. Umuman olganda, goʻzallik bilan uygʻunlashgan Kashmir hiylagarligi ramzini bildiradi.
Bu ishtin malolat topib Nozmehr
Ki, shoh oʻzga yon qildi ogʻoz mehr[2].
(“Saddi Iskandariy”)
Manbalar
uz.wikipedia.org