Mehreen Pirzada




Mehreen Pirzada (1995-yil 5-noyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va modeli boʻlib, u asosan telugu tilidagi filmlarda suratga tushadi. Mehreen Pirzada aktrisalik debyutini 2016-yilda telugu tilidagi "Krishna Gaadi Veera Prema Gaadha" deb nomlangan filmda amalga oshirgan edi. U hind tilidagi film debyutini Phillauri va tamil tilidagi "Nenjil Tunivirundhal" filmlarida 2017-yilda amalga oshirgan edi.

Mehreen Pirzadaning muvaffaqiyati telugu filmlarida suratga tushishi bilan bog'liq. Jumladan Mahanubhavudu(2017), "Raja The Great"(2017) va "F2:Fun and Frustration"(F2: Kulgu va umidsizlik)(2019) kabi telugu tilidagi filmlarda suratga tushgan edi. U shuningdek, tijoriy muvaffaqiyatga erishgan tamil tilidagi "Pattas"(2020) filmida ham suratga tushgan. U 2019-yilda "DSP Dev" bilan "Punjabi" filmida rol ijro etgan.

Yoshlik yillari




Mehreen Pirzada 1995-yil 5-noyabrda Panjob shtatining Bathinda shahrida sikxlar oilasida dunyoga kelgan. U qishloq xoʻjaligi va rieltorlik bilan shug'ullanuvchi tadbirkor Gurlal Pirzada va uy bekasi bo'lgan Paramjit Kaur Pirzada oilasida tugʻilgan. Uning yagona ukasi Gurfateh Pirzada bo'lib, u ham model va aktyor.

Faoliyati



Modellik karyerasi



Pirzada oʻn yoshida, modelyerlik sohasida ma'lum bo'lgan rampa yurishini amalga oshirdi va goʻzallik tanlovida "Kasauli malikasi" unvonini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik u 2013-yilda Kanada davlatidagi Toronto shahrida bo'lib o'tgan "Janubiy Osiyo go'zali" g'olibi bo'ldi. U Jemini Face Modeling kompaniyasi vositachiligida mashhur dizaynerlar uchun modellik qilgan va Kanada va Hindistonda ko'plab tijorat reklamalarida ishtirok etgan. U shuningdek, "Dove India" kompaniyasining reklama yuzi va Nikon, Pears va Thums Up on TVC kabi kompaniya reklamalarida suratga tushadi.

Kinodagi karyerasi



Pirzada aktrisalik debyutini telugu filmi Krishna Gaadi Veera Prema Gaadha deb nomlanga filmida amalga oshirgan. Pirzada ushbu filmda Mahalakshmi obrazini oʻynagan. Film telugu tilida so'zlashuvchi shtatlarda va AQSh kino prokatida muvaffaqiyat qozondi. 2017-yil mart oyida u hind kinosida Anushka Sharma, Diljit Dosanj va Suraj Sharma bilan birga “Pillauri” filmi rol ijro etishga muvaffaq bo'ladi. U 2019-yilda "F2:Fun and Frustration"(F2: Kulgu va umidsizlik) filmida rol ijro etgan. Pirzada Ardab Mutiyaran filmidagi Ninja va Sonam Bajvaga qarshi Shruti rolini ham ijro etgan edi.

Shaxsiy hayoti



2021-yil mart oyida Pirzada, Xaryana shtatining sobiq bosh vaziri Bxajan Lalning nabirasi va Adampurning o'g'li Bhavya Bishnoy bilan unashtirildi. Ularning to'yi 2021-yil oxiriga rejalashtirilgan edi, ammo Hindistondagi COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirildi. Bu juftlik 2021-yil iyul oyi boshida unashtiruvni bekor qilgan.

Filmografiyasi



Filmlari




Musiqiy videolarda




Mukofotlar va nominatsiyalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz