Mehrdad Minavand
Mehrdad Minavand (talaffuzi: Mehrdod Minavand) (1975-yil 30-noyabr—2021-yil 27-yanvar)—eronlik professional futbolchi va murabbiy. Mehrdad Minavand, asosan, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Ammo Mehdad Minavand chap qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushgan.
Klublardagi faoliyati
Mehrdad Minavand Tehronda tugʻilgan. Mehrdad Minavand "Keshavarz", "Persepolis", "Sturm Graz " (Avstriya), "Sporting Charleroi " (Belgiya) va "Al-Shabab" (Birlashgan Arab Amirliklari), shuningdek, „ Sepahon“ kabi futbol klublarda oʻynagan. Mehrdad Minavand oxirgi marta „Rah Ahan FC“ futbol klubi jamoasi safida oʻynagan. Mehrdad Minavand 2005—2006-yilgi mavsumdan keyin „Rah Ahan“ futbol klubi jamoani tark etgan. Mehrdad Minavand UEFA Chempionlar Ligasida 21 ta oʻyin oʻtkazgan. Bu koʻrsatkich bilan Mehrdad Minavand Eron futbolchilari orasida rekordchi hisoblanadi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Mehrdad Minavand Eron milliy futbol terma jamoasida oʻynagan. Mehrdad Minavand Eron milliy futbol terma jamoasi safida 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan. Mehrdad Minavand Eron milliy futbol terma jamoasi safida 1996-yildan 2003-yilgacha boʻlgan davr mobaynida xalqaro oʻyinlarda Eron sharafini himoya qilgan.
Murabbiylik faoliyati
Mehrdad Minavand 2009-yilda „Persepolis B“ futbol klubi safiga murabbiy sifatida qoʻshildi. Shundan soʻng, Mehrdad Minavand 2014—2015-yilgi mavsumda „Khooneh Be Khooneh“ futbol klubi safida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. „Khooneh Be Khooneh“ futbol klubidagi yordamchi murabbiylikdan soʻng, Mehrdad Minavand 2016-yilda „Sepidrood Rasht“ futbol klubi safiga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi.
Oʻlimi
2021-yil 21-yanvarda Mehrdad Minavand COVID-19 tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Olti kundan keyin Mehrdad Minavandning (45 yoshida) virusdan vafot etgani eʼlon qilindi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org