Mehnat faxriysi




„Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni — iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilarga, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatda hurmat qozongan onalarni munosib taqdirlash maqsadida ta'sis etilgan.

Darajalari




I darajali koʻkrak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir darajadagi koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.

Tavsifi



„Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi:
I darajali koʻkrak nishoni tilla rangda;
II darajali koʻkrak nishoni kumush rangda;
III darajali koʻkrak nishoni bronza rangda boʻladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz