Mehmet Ekici




Mehmet Ekici (1990-yil 25-martda tugʻilgan) turkiyalik futbolchi, oxirgi marta „Fenerbahche“da yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

U faoliyati davomida Bremenning „Werder“, "Nyurnberg „, “Bavariya" va „ Trabzonspor“ klublarida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan Ekici, 17 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Germaniya milliy futbol jamoasida oʻynagan keyinchalik Turkiya sharafini himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati



Bavariya



Ekici "Bavariya "ning asosiy jamoasi safida 2008yilda Superkubogda debyut qilgan. U 2008-09 va 2009-10-yilgi mavsum UEFA Chempionlar Ligasi uchun „Bavariya“ tarkibiga kiritilgan. 2010-yilning yanvarida Ekici 2009-10-yilgi mavsumning qolgan qismida zaxiradagi jamoadoshlari David Alaba va Diego Kontento bilan birga asosiy jamoa bilan mashgʻulot oʻtkazishi eʼlon qilingan. U 2009—2010-yilgi mavsumda zahira jamoasi safida 29 oʻyinda 12 gol urgan. Jarohat tufayli futbolni maʼlum bir muddatga tark etgunga qadar, u asosiy jamoaning bir nechta oʻyinlarida tarkibga kiritilgan.

Nürnberg (Ijara)
2010-yil iyul oyida u 1-Bundesliga jamoasi „Nyurnberg“ga qoʻshilgan va bir mavsumlik ijara shartnomasi imozlangan.

Werder Bremen



2011-yilning 18-mayida Ekici 5 million yevro evaziga „Werder“ga oʻtgan. U Bremendagi ilk golini 17-sentyabr kuni sobiq jamoasi darvozasiga kiritgan. Oʻyin 1-1 durang bilan yakunlangan. 2013-yil 1-sentabrda u ikkita gol urib, jamoasini VfB Shtutgart ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshgan.

Trabzonspor



Ekici 2014-yilning 15-avgustida 1,5 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga oʻtgan. U 2014-yilning 31-avgustida „Kayseri Erciyesspor“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazgan va oʻyin 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan.

U 2016-17-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugagach, klubni tark etgan. „Trabzonspor“da oʻz vaqtida 83ta oʻyinda maydonga tushib, barcha musobaqalarda 16ta gol urgan.

Fenerbahche



2017-yil 5-iyun kuni Fenerbahche SK Ekici bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati



U tugʻilib oʻsgan mamlakati Germaniyani yoshlar va U21 toifalarida himoya qilgan boʻlsa-da, Turkiya terma jamoasida kattalar darajasida oʻynashni tanlagan. U Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Gus Hiddink tomonidan turk terma jamoasiga chaqirilgan. 2011-yil 29-martda Ekici Avstriyaga qarshi oʻzining birinchi yirik xalqaro oʻyinida Turkiya sharafini himoya qilgan, u oʻng qanotda turkiyalik oʻyinchi Arda Turan bilan tandem hosil qilgan, natijada Turkiya oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va UEFA ligasiga yoʻlanmani qoʻlga kiritgan. 2012-yilgi saralash oʻyinlarida Ekici murabbiy Guus Hiddink bilan birga 1-oʻringa chiqib olgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlar



"Bavariya"

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz