Mehmet Ali Birand




Mehmet Ali Birand — 1941-yil 9-dekabrda Turkiyada tug'ilgan.Turkiyalik yozuvchi jurnalist, siyosiy sharhlovchidir.

Biografiyasi



Izzet va uning rafiqasi Mürvet oilasida ,1941-yil 9-dekabrda Istanbulning Beyoğlu,shahrida tug'ilgan. Uning onasi kurd millatiga mansub edi. O'rta ta'limni Galatasaray Liseyida tamomlagan.

Faoliyati



Birand jurnalistlik faoliyatini 1964-yilda Milliyet gazetasida chop etish bilan boshlagan. 1992-yilda u Show TV telekanalida o'z faoliyatini boshlandi. Birand 32 deb nomlangan siyosiy ko'rsatuvni olib bora boshladi. 1985-yilda birinchi marta TRTda ish boshlagan, keyin esa CNN Turk va Show TV telekanalida ish faoliyatini davom ettirgan. U CNN Turk telekanalida kundalik yangiliklarni ham olib bora boshladi. 2013-yilda vafot etishidan oldin u Kanal D da ishlagan, yangiliklarni olib borgan.

Shuningdek, u 30 Sıcak Gün, Diyet, Turkiyaning Avrupa Macerası, 12 - Sentyabr 04.00 va Emret Komutanim kabi bir qancha kitoblar muallifi.

Birand shu bilan birga, Galatasaroy boshqaruv kengashi va sodiq boshqaruv kengashi a'zosi ed.

O'limi



Birand 2013-yilning 17-yanvarida Istanbuldagi Amerika kasalxonasida o‘t pufagidagi stentni almashtirish operatsiyasi asoratlaridan vafot etdi. U bir muncha vaqt saraton kasalligidan davolangan. U vafot etganda 71 yoshda bo'lgan.

Ish faoliyati




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz