Mehmed VI




Mehmed VI Vahid ud-Din (وحیدالدین; Altıncı Mehmet, Mehmet Vahideddin) (1861—1926) — Usmonlilar imperiyasining soʻnggi, 36-sultoni (1918-1922)

Tarjimai hol



Birinchi jahon urushi tugayotgan paytda taxtga oʻtirgan. Imperiya urushda Antantaga magʻlub boʻlgan, bu paytda Usmonli imperiyasi ancha zaiflashib qolgan edi. Podshoh esa, Antanta qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgandi.
1919-yilda Anatoliyada Mustafo Kamol boshchilgida podshoh hokimiyatiga qarshi isyon koʻtarilgan. 1920-yilda Mustafo Kamol yangi tuzilgan hukumatga rahbar boʻlgan.
Sulton Mehmed Mustafo Kamolga qarshi kurashish uchun Antantadan yordam soʻraydi, lekin Kamol bilan kurash befoyda boʻlib chiqadi.
1922-yil 1-noyabrda Usmonlilar imperiyasi tugatiladi. Mehmed Italiyaga qochib ketadi. 1926-yili vafot etadi. Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasining qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz