Mehdi Ballushi




Mehdi Ballushi (arabcha: مهدي بلوشي(1983-yil 6-aprel), Kasablanka) — marokashlik professional futbolchi va yarim himoyachi, MLSning turli klublarida 11 mavsum o‘ynagan.

Klubdagi faoliyati



Mehdi Balushi dastlab o‘z futbolchilik faoliyatini Kasablankaning “Raja” klubi yoshlar jamoasida boshlagan, shu bilan birga Marokash yoshlar terma jamoasida ham o‘ynagan. 2000-yilda u Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tadi va u yerda bir yil Creighton universiteti jamoasida va ikki yil Santa Klara universiteti jamoasida o‘ynaydi, u yerda 2005-yilda NASS yulduzlar jamoasiga qo‘shilish uchun tayyorgarlik ko‘rib yuradi. Oradan biroz vaqt o‘tgach shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ladi.

2007-yil iyul oyida u Kolorado Rapidsdan Kayl Bekkermanga transfer qilinadi. Ballushi bilan “Rapids” o‘rtasidagi shartnoma tufayli ular orasidagi munosabat biroz sovuqlashadi. 30-iyul kuni u Kanzas Siti Uizards o‘yinchisi Sasha Viktorinni urgani uchun 1000 dollar jarimaga tortiladi va 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi, ammo shunga qaramay, iste‘dodi tufayli keyinchalik Ballushi klubning asosiy o‘yinchisiga aylanadi.

2010-yil 13-sentabrda Balushi boshqa bir o‘rinchi Makumba Kanji o‘rniga Nyu-York Red Bulls klubiga o‘tadi. 16-sentyabr kuni bo‘lib etgan bahsda klubdagi debyutini o‘tkazadi va Dallasga qarshi o‘yinda birinchi golini uradi.

2012-yil 30-iyulda Ballushi 2013-yilgi mavsum uchun qo‘shimcha xorijiy o‘yinchi o‘rinlari va 2013-yilgi MLS qo‘shimcha loyihasi doirasida “San-Xose Zilziks”ga almashtiriladi. 2012-yil 30-sentyabrda Dallasga qarshi kechgan bahsda Mehdi tizzasidan jiddiy jarohat oladi. Tizzaning oldingi xochsimon payi uzilganligi sababli, u yetti oyni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

2013-yil 18-dekabrda, 2013-yilgi MLSga qaytish loyihasining ikkinchi bosqichida Ballushi Vankuver Uaytkeps tomonidan tanlanadi va Balushi va ular o‘rtasida 2014-yil 27-yanvarda shartnoma imzolanadi.

2014-yil 10-dekabrda Ballushi Nyu-York Siti tomonidan 2014-yilgi MLS loyihasida yana bir bor tanlanadi. 2016-yil 18-noyabrda Ballushi nafaqaga chiqqanini e‘lon qiladi.

2017-yil iyul oyida Ballushi Nyu-York Siti FKga qaytib, klub akademiyasida murabbiy bo‘ladi. 2020-yilning 10-yanvarida Ballushi “Nyu-York Siti” klubi bosh murabbiyi Roniya Deylaning shtabiga yordamchi sifatida kelib qo‘shiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz