Megascolides australis




Gipslend chuvalchangi-Avstraliyaning 1 000 ta mahalliy yomgʻir chuvalchangi turlaridan biridir.

Tavsif



Bu ulkan yomgʻir chuvalchanglarining uzunligi oʻrtacha 3 metr va diametri 2 smgacha boʻladi. Ammo ularning tanasi kengayib, torayib, ularni ancha kattaroq koʻrinishga olib keladi. Oʻrtacha ogʻirligi taxminan:3-4 kg. Ularning boshi toʻq binafsha, tanasi koʻk kulrang, tana qismlarining boʻlaklari soni 300 dan 400 gacha boʻladi.

Ekologiya



Ular Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Gippsland hududida, daryo qirgʻoqlari boʻylab yoki koʻk, boʻz yoki qizil gil tuproqlar ostida va qolgan hududlarning janubga yoki gʻarbga qaragan tepaliklarida yashaydilar. Bu qurtlar chuqurlik tizimlarida yashaydi va nafas olish uchun oʻz muhitida suv talab qiladi. Ular umurtqasizlarga nisbatan uzoq umr koʻrishadi va yetuklikka erishish uchun 5 yil kerak boʻladi. Ular issiq oylarda koʻpayadi va oʻlchami 4 santimetr boʻlgan tuxum kapsulalarini ishlab chiqaradi. Bu kabsulalarini 7 santimetrgacha boʻlgan tuproq chuqurligiga qoʻyishad. Ushbu qurtlar 12 oy ichida tuxumdan chiqadi.

Er yuzasiga koʻp hayot kechiradigan boshqa yomgʻir chuvalchanglaridan farqli oʻlaroq, ular deyarli barcha vaqtlarini taxminan 52 santimetrgacha boʻlgan chuqurliklarda oʻtkazadilar. Chuqurlikda tuproq quyumlarini mustahkamlaydi va odatda faqat kuchli yomgʻir bilan u quyumlar yuvilishi mumkin. Ular odatda juda sust, lekin ular chuqurchalari boʻylab tez harakat qilganda, bu ularni aniqlashga imkon beradigan eshitiladigan shovqin tovushini keltirib chiqarishi mumkin.

Xavfli holat



Megascolides australis koloniyalari kichik va izolyatsiya qilinmagan va turlarning past koʻpayish tezligi va sekin kamolotga erishishi bu kichik populyatsiyalarni himoyasiz qiladi. Ularning tabiiy yashash joylari oʻtloqlar boʻlib, ular yaylovlar ostida omon qolishi mumkin boʻlsa-da, dehqonchilik, ogʻir chorva oʻtlashi mumkin joylarga va oqava suvlar turiga qarama-qarshidir. Shuning uchun ham bunday muhit ularni sonini kamayishiga sabab boʻlishi mumkin. Gippsland yomgʻir chuvalchangi rivojlanishi uchun nam tuproqli tuproqni talab qiladi; zich daraxt ekish tuproq namligiga salbiy taʼsir qiladi, bu esa oʻz navbatida turlarning yashash muhitiga salbiy taʼsir qiladi. Asirlikda yaʼni honakilashtirilganda hali muvaffaqiyatli naslchilikka erishilmagan.

Oʻrganilishi



2012-yilda hayvonlar farovonligi bilan bogʻliq muammolar tufayli yopilguniga qadar Viktorya shtatidagi Bass yaqinidagi Wildlife Wonderland Parki Gippsland yomgʻir chuvalchagi muzeyiga mezbonlik qilgan. Qurt shaklidagi muzey ichida tashrif buyuruvchilar qurt koni va simulyatsiya qilingan qurt oshqozonining kattalashtirilgan nusxasi orqali bu hayvonni oʻrganishlari mumkin edi. Gippsland gigant qurti va Gippslandning boshqa tabiiy tarixiga oid koʻrgazmalar va oʻquv materiallari ham namoyish etildi.

Turizmga taʼsiri



Gigant Gippsland yomgʻir chuvalchangiga boʻlgan qiziqish mahalliy sayyohlik sanoati tomonidan Korumburraʼda har yili oʻtkaziladigan Karmai festivali bilan oʻzlashtirildi. Boonwurrung tilida u karmai deb ataladi. 

Qoʻshimcha maʼlumot




Manbalar




Havolalar



Gigant Gippsland qurti




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz