Megaron




Megaron (yun. megaron — katta zal) — Yunonistonda, Egey madaniyati davrida barpo etilgan bino va uy-joylar turi (mil. av. 3—2 ming yilliklar). M.ning tuzilishi oddiy: old tomoni toʻgʻri burchak shaklida, peshayvoni ustunli. Asosiy xona katta zal boʻlib, oʻrtasida oʻchoq joylashgan. Shiftdan tutun chiqadigan teshik qoldirilgan. Bunday M.lar Troya, Tirinf, Mikeni va boshqa shaharlardan topilgan. Keyinroq (miloddan avvalgi 8—7-a.lardan boshlab) Yunonistonda M.lar asosida ibodatxonalar barpo etilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz