Megan Gallagher




Megan Gallagher (1960-yil 6-fevralda tugʻilgan) — amerikalik teatr va televideniye aktrisasi. Juilliard maktabida John Houseman rahbarligida tahsil olgan Gallagher oʻz faoliyatini teart sahnalarida boshlagan hamda Broadwaydagi bir qancha teatr spektakllarida ishtirok etgan. Shuningdek, A Few Good Men sahna koʻrinishidagi roli uchun Teatr world mukofotini qoʻlga kiritgan.

Yoshligi



Gallager 1960-yilning 6-fevral sanasida Pennsylvania shtatining Reading shahrida Aileen va Donald Gallagherlar oilasida tugʻilgan. Oilada olti farzandning beshinchisi boʻlgan. Uning onasi ham yoshligida aktrisa boʻlgan, turmushga chiqqandan soʻng, faoliyatini yakunlagan. Gallagher oʻz faoliyatini bolaligida onasi bilan Broadway teatr spektakllariga borgan paytlarida boshlagan. U, shuningdek, Mary Tyler Moore va Katherine Hepburnni oʻz karyerasiga taʼsir koʻrsatgan shaxslar deb hisoblaydi. Aktrisa, hattoki, Wyomissing Area Junior/Senior High Schoolda oʻqigan paytlarida u yerdagi mahalliy jamoat teatri, Genesiusda mashqlarni davom ettirish uchun oʻrta maktab bitiruv marosimiga bormaslikni tanlagan.

Faoliyati



Gallagher oʻz faoliyatini teatr sahnalarida boshlagan, u Paul Osbornning Oliver Oliver spektaklida hamda 1989-yili Broadwayda Aaron Sorkinning "A Few Good Men sahna asarida rollar oʻynagan. Oxirgi spektakldagi leytenant-komandir JoAnne Galloway obrazi unga Teatr olami mukofoti va tashqi tanqidchilar doirasi mukofotiga sazovor boʻlishiga sababchi boʻldi. 1993-yilda aktrisa Angels in Americaning ikkala qismi: A Gay Fantasia on National Themes—Millennium Approaches va Perestroikaning Broadway spektakllarida ishtirok etgan

Shaxsiy hayoti



Gallagher aktyor Jeff Yagher bilan turmush qurgan va ularning ikki nafar — bir juft egizak farzandlari bor. U aktrisa Catherine Hicks va vizajist Kevin Yagher bilan qarindoshchilik aloqalariga ega.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz