Meg Whitman
Margaret Cushing Whitman (1956-yil 4-avgustda tugʻilgan) — AQShning Keniyadagi elchisi, amerikalik biznes boshqaruvchisi va Kaliforniya gubernatorligiga sobiq nomzod. U Procter & Gamble va General Motors boshqaruv kengashi aʼzosi. Whitman ilgari Hewlett Packard Enterprise prezidenti va bosh direktori boʻlgan. U, shuningdek, Quibi kompaniyasining 2018-yil avgust oyida tashkil etilganidan 2020-yil dekabrida yopilguniga qadar bosh direktori boʻlgan. Whitman 2008 va 2012-yillarda Mitt Romney prezidentlik kampaniyasining yuqori martabali aʼzosi boʻlgan va 2010-yilda Respublikachi sifatida Kaliforniya gubernatori lavozimiga nomzod boʻlgan, ammo 2016-yilgi umumiy saylovda Xillari Clintonni va 2020-yilgi umumiy saylovda Joe Bidenni qoʻllab-quvvatlagan.
Whitman 1980-yillar davomida strategik rejalashtirish boʻyicha vitse-prezident boʻlgan Walt Disney kompaniyasining ijrochi direktori edi. 1990-yillarda u DreamWorks, Procter & Gamble va Hasbro kompaniyalarida rahbarlik qilgan. Whitman 1998-yildan 2008-yilgacha eBay prezidenti va bosh direktori boʻlgan.
Xayriya
Wtitman eri Harsh bilan 2006-yil 21-dekabrda xayriya jamgʻarmasiga asos solgan va unga eBay-ning 9,4 million dollarlik 300 000 aktsiyasini hadya qilgan. Faoliyatining birinchi yilining oxiriga kelib, Griffith R. Harsh IV va Margaret C Whitman xayriya fondi 46 million dollarga ega edi. Berilgan pulning katta qismi Atrof-muhitni muhofaza qilish jamgʻarmasiga oʻtkazildi.
2010-yilda Warren Baffet Whitmandan milliarderlar oʻz pullarining yarmini xayriya ishlariga oʻtkazish majburiyatini olgan „Giving Pledge“ga qoʻshilishni soʻradi va Whitmen rad javobini berdi. 2011-yilda fond San-Xose hududidagi bir nechta charter maktablarini boshqaradigan Summit Public Schoolsga 2,5 million dollar xayriya qildi.
2020-yildan boshlab Meg Whitman Teach for America milliy kengashi raisi hisoblanadi.
Siyosiy martabasi
Whitman Mitt Romney 2008-yilgi prezidentlik kampaniyasi tarafdori edi va uning milliy moliya jamoasi aʼzosi edi. U, shuningdek, Romni tadqiqot qoʻmitasining moliya hamraisi sifatida ham roʻyxatga olingan. Romni poygadan chiqib, John Makkeynni maʼqullaganidan soʻng, Whitman Makkeynning prezidentlik kampaniyasiga milliy hamrais sifatida qoʻshildi. Makkeyn Whitmanni 2008-yildagi ikkinchi prezidentlik debatlari chogʻida gʻaznachilik kotibi boʻlishi mumkinligini tilga oldi, biroq saylovda Barack Obamaga yutqazdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org