Medlyak




Medlyak “ (ruscha: Медляк, yaʼni „Sekin [qoʻshiq]“) — rossiyalik xonanda Mr. Credo (haqiqiy ismi Aleksandr Maxonin) ijro etgan qoʻshiq. Xonandaning 2002-yil eʼlon qilingan „Chudnaya dolina“ albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Mr. Credo repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri. Tarona naqoratini Mr. Credo rus xonandasi Olesya Slukina bilan ijro etgan.

„Medlyak“ qoʻshigʻi 2005-yilga borib „Russkoye radio“ radiokanalida efirga uzatila boshlaganidan keyin Rossiya va MDH mamlakatlarida keng miqyosda tanilgan. Qoʻshiq hanuz MDH mamlakatlari radiostansiyalarida yangraydi. Taronaning audio versiyasi 2013-yilning aprelida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 50 million martadan oshiq koʻrilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz