Medine Erkan




Medine Erkan (1995-yil 10-sentyabrda tug'ilgan) — turk ayollar futboli himoyachisi, hozirda Turkiya ayollar uchinchi ligasida ALG Spor klubi uchun 8-raqamli forma bilan o'ynaydi. U Turkiya ayollar terma jamoasida to'p suradi.

Karyera



Klub




Medine Erkan 2010-yil 9-fevralda o'zining tug'ilgan shahri Eskisehirspor klubida o'nash huquqini beruvchi litsenziya oldi, u yerda to'rt mavsum davomida Viloyat ligasi, ayollar ikkinchi ligasi va nihoyat ayollar birinchi ligasida o'ynadi. 2013-14-yilgi mavsumda u Derince Belediyesporga o'tdi. Bir mavsumdan so'ng Derince Belediyespor ligani tark etdi va Erkan 2014-15-yilgi mavsumda Atasehir Belediyespor jamoasi safida o'ynashga o'tdi.

2019-yil sentyabr oyining oxiriga kelib, u Gaziantepdagi ALG Spor klubiga o'tdi.

Xalqaro



Medine Erkan Turkiya U-15 terma jamoasiga qabul qilingan va 2010-yili Singapurda o'tkazilgan o'smirlar yozgi Olimpiadasida debyut qilgan va to'rt marta qatnashgan.

2012-yilning 26-sentyabr kuni Erkan ilk bor Turkiya U-19 terma jamoasi safida Uelsga jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. U 2013-yilgi UEFA U-19 chempionatining birinchi saralash bosqichida – 5-guruhda, 2013-yil Kuban Spring turnirida, 2014-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati saralashida – 10-guruhda, 2014-yilgi Kuban Spring turnirida va 2014-yilgi UEFA U-19 Chempionat saralashi oʻyinlari – 5-guruh ostidagi ayollar oʻrtasida to'p surgan. U 19 yoshgacha bo'lgan ayollar terma jamoasi safida 32 marta maydonga tushgan.

Erkan terma jamoaga qabul qilindi va UEFA Ayollar o'rtasidagi Yevro-2017 saralash bosqichi 5-guruhining uchta o'yinida maydonga tushdi.

Karyera statistikasi



2022-yil 8-yanvar holatiga

Yutuqlar



Turkiya ayollar birinchi futbol ligasi

Atasehir Belediyespor
Ikkinchi oʻrin (2): 2014–15, 2015–16
Uchinchi o'rin(1): 2016–17
ALG Spor
Ikkinchi oʻrin (1): 2020–21
Turkiya Ayollar Ikkinchi Futbol Ligasi

Kocaeli Bayan FK
Uchinchi o'rin (1): 2018-19

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz