Mediatsiya boʻyicha Singapur konventsiyasi
2018-yil 20-dekabrda qabul qilingan va 2019-yil 7-avgustda imzolash uchun butun dunyo uchun ochilgan
Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi (rasmiy ravishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya natijasida kelib chiqadigan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi deb ataladi) mediatsiya asosi yechilgan fuqarolik va bisnes sohasidagi kelishuvlarni tan olishga doir xalqaro shartnomadir. 2018-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilinganidan soʻng Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi barcha davlatlar tomonidan imzolanishi uchun ochildi. 2021-yil 11-sentabr holatiga koʻra Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi jami 55 ta davlat tomonidan imzolangan. Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi 2020-yil 12-sentabrda, yaʼni Qatar Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi doirasidagi uchinchi ratifikatsiya hujjatini topshirilganidan olti oy oʻtib kuchga kirdi. Birinchi ikkita ratifikatsiya hujjati Singapur va Fiji davlatlari tomonidan topshirilgan edi.
Konvensiyani imzolagan davlatlar roʻyxati
2021-yil 18-noyabr holatiga koʻra, 55 ta davlat Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasini imzolagan va 8 ta davlat Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi doirasidagi ratifikatsiya yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Mediatsiya boʻyicha Singapur konvensiyasi Boshqaruv Kengashiga saqlash uchun topshirgan.
Konvensiyani yozilgan tillar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya natijasida kelib chiqadigan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hozirga qadar dunyo tillari boʻlgan 6 ta til (ingliz tili, rus tili, fransuz tili, xitoy tili, ispan tili, arab tili) tillarida yozilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya natijasida kelib chiqadigan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining asosiy hujjati esa 2019-yil 7-avgust sanasida ingliz tilida yozilgan va boshqa davlatlar uchun imzolashga ochilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org