Media matnlarida lid




Lid so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib " kirish qismi " degan ma'noni anglatadi. Qurilishi jihatidan lid 3-4 gapdan ko'p bo'lmagan holda maqolaning mazmunini ochib beradi. Maqola lidi matnning asosiy qismi bo'lib, beriladigan fikr, axborot va matnning asosiy maqsadini ochib beradi. Bir gapning o'zida lid asosiy savollarga, ya'ni kim? qachon? qayerda? nimaga? nimani? qanday? kabi savollarga javob berishi kerak. Ammo butun materialning mazmunini bitta gapda jamlash natijasida chalkashliklarga yo‘l qo'ymaslik kerak. Buning uchun esa lid yozishda sodda gaplardan foydalanish va qiyin gap strukturasidan qochish va ma'no jihatidan bir biriga mos va uyg'un keladigan so'zlardan foydalanish zarur. Shuni uchun ham lid qisqa, aniq, lo'nda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Maqolaning birinchi abzatsi o'quvchining diqqatini tortadigan va o'quvchini qiziqtirgan savollarga javob beradigan so'z va gaplardan foydalanish matnda yaxshi natija beradi. Bugungi globallashuv davrda ledning asosiy vazifasi axborotlar dunyosida dunyosidagi o'quvchiga o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni tezroq anglab olishiga yordam berishdan iborat. Ayniqsa lid ijtimoiy tarmoqlarda berilgan matnlarning asosini tashkil etadi, ya'ni lid matnning asosiy komponenti hisoblanadi.

Tadqiqotchilar lidning bir nechta turlarini ajratishgan. Bular : 1. Asosiy lid. 2. Epizodik lid. 3. Sitata shaklidagi lid. 4. Rezonans lid

Manba




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz