Medhi Benatia
Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U terma jamoa safida 66 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etgan va eng muhimi, 20 yil ichida birinchi Jahon kubogida sardorlik qilgan.
Hayoti
Benatia Fransiyaning Kurkuron shahrida marokashlik ota va jazoirlik ona oilasida tug‘ilgan.
Klublardagi faoliyati
Marsel
Benatia 2003-yilda „Marsel“ga kelib qoʻshilgan va ular bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Tours va Lorientda ijarada oʻynaganidan soʻng, u 2008-yilning 1-iyulida Liga 2 klubi „Clermont“ga tekinga oʻtib ketadi.
Udinese
2010-yilning 1-iyulida Benatia A Seriyaning „Udineze Calcio“ klubiga yana erkin agent sifatida oʻtadi. U „Udineze“ safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.
Roma
2013-yilning 13-iyulida Benatia 13,5 million yevro evaziga Romaga transfer qilindi va 5 yillik shartnomaga imzoladi. 26-sentyabr kuni Benatia klub safida birinchi golini „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.
Bavariya
2014-yil 27-avgustda Myunxenning „Bavariya“ klubi Benatiani 26 million yevro evaziga Roma klubidan transfer qildi va besh yillik shartnoma imzoladi. „Bavariya“dan tashqari Benatia uchun „Manchester City“, "Chelsea", "Barcelona" va "Real Madrid" kabi klublar kurash olib bordi. U „Roma“ni tark etganidan hafsalasi pir boʻlganini aytadi va klub uni pul uchun sotib yuborganligini taʼkidlab oʻtadi. Buni eshitgan „Roma“ prezidenti Jeyms Pallotta gʻazablanib, „
poisonous liar “ (yolgʻonchi) boʻlgani uchun uni sotib yuborganini aytib javob qaytaradi.
Yuventus
2016-yilning 15-iyulida Italiya chempioni "Yuventus" Benatiani 3 million yevro evaziga Bavariyadan 17 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. U klubdagi debyutini 27-avgust kuni A Seriya doirasida „Lazio“ ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.
2017-yilning 10-martida Benatia „Yuventus“ stadionida A Seriya doirasida „Milan“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Yuventus“ safidagi ilk golini urdi. 12-may kuni „Yuventus“ Benatiani 2020-yilgacha doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalandi.
Al-Duhayl
2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida atigi beshta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyida Benatia Qatar Yulduzlar ligasining „Al-Duhail“ klubiga o‘tdi. 28-yanvar kuni „Yuventus“ Benatia transferidan 8 million yevro va bonuslar bilan 2 million yevro ishlab oldi. U 16-fevral kuni Qatar Yulduzlar ligasida „Al-Sayliya“ga qarshi o‘yinda (1:0) „Al-Duhail“ safida debyut qildi.
Fotih Karagümrük
2021-yilning yozida u Turkiya Superligasining „Fotih Karagumruk“ klubiga oʻtdi. U 2021-yil 9-dekabrda professional futbol faoliyatini yakunlashdan oldin oltita ligada oʻynadi.
Terma jamoadagi faoliyat
Benatia Marokash terma jamoasi safida debyutini 2008-yil 19-noyabrda Kasablankadagi Muhammad V stadionida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) o‘tkazdi. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 4-iyunida „Stad de Marrakech“ stadionida Afrika Millatlar kubogi-2012 saralash bosqichi doirasida Jazoirga qarshi oʻyinda urdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Marsel Bavariya Yuventus Al-Duhayl Shaxsiy sovrinlari Manbalar
uz.wikipedia.org