Meagan Good
Meagan Monique Good (talaffuzi: Meygan Moʻnik Gud) — amerikalik aktrisa. U Eve's Bayou (1997) filmidagi roli hamda Nickelodeonning Cousin Skeeter (1998—2001) sitkomidagi Nina roli uchun tanqidchilar eʼtiboriga tushishga ulgurgan. Aktrisa Deliver Us from Eva (2003), Roll Bounce (2005) hamda Stomp the Yard (2007) filmlarida bosh rollarni ijro etganidan keyin yanada mashhur boʻldi.
2012-yilda Good Think Like a Man filmining ansambl tarkibida ishtirok etdi. Keyingi yili NBC drama serialii Deceptionda bosh qahramon Joanna Locasto rolini va Anchorman 2: The Legend Continues komediyasida kichik epizodda rol ijro etgan. Bundan tashqari, aktirsa One Missed Call (2008), Saw V (2008), The Unborn (2009) hamda DC Comicsning Shazam! (2019) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
Faoliyati
Faoliyatining dastlabki yillarida Good Doogie Howser, M.D. va Amen kabi telseriallarda qoʻshimcha rollarda koʻrinish bergan. U 13 yoshida oʻzining dastlabki filmi — 1995-yilgi Friday komediyasida rol oʻynagan. U birinchi marta Kasi Lemmonsning 1997-yilda suratga olingan Eve's Bayou filmidagi muammoli oʻsmir Cisely Batiste roli uchun tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Aktrisa ushbu roli uchun ikkita mukofot nominatsiyasini nomzod etib koʻrsatilgan, shu jumladan, uning birinchi NAACP Image mukofoti boʻlgan.
Keyingi bir necha yil davomida kichik kino va televideniye rollarini oʻynaganidan soʻng, Good 2000-yillarning boshida yanada yetuk rollarga oʻtishni boshlaydi. Aktrisa oʻzidan bir necha yosh kichik qahramonlarni oʻynagani uchun kattalar roliga oʻta olishiga ishonardi. 1998-yildan 2001-yilgacha Nickelodeonning Cousin Skeeter teleserialida Nina rolida paydo boʻldi. U, shuningdek, 3 Strikes hamda House Party 4: Down to the Last Minute filmlarda ikkinchi darajali rollarni ham ijro etgan.
Shaxsiy hayoti
Garchi u cherkovda tarbiyalanmagan boʻlsa-da, oʻzini yaxshi nasroniy, ruhiy shaxs deb biladi va koʻplab intervyularida u "disappoint God — Xudoni hafsalasi pir boʻlishi" mumkin deb oʻylagan holda rollardan voz kechganini aytgan. U intervyuda Iso uning qahramonlari roʻyxatida birinchi oʻrinda turishini va u oʻqigan oxirgi kitobi Injil ekanligini taʼkidlagan.
Filmografiyasi
Mukofot va nominatsiyalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org