Me Too harakati
#MeToo jinsiy tajovuz va tegajogʻlikka qarshi qaratilgan ijtimoiy harakatdir. „Me Too“ (tarjimasi „Men ham“) iborasi 2006-yili amerikalik faol Tarana Burke tomonidan MySpace ijtimoiy tarmogʻida birinchi marta ishlatilgan.
2017-yilning oktabrida amerikalik kinoproduser Harvey Weinsteinning ayollarga tegajogʻlik qilishi boʻyicha ayblovlar tarqalgani ortidan Me Too harakati heshteg oʻlaroq ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi. 2017-yilning 16-oktabrida amerikalik aktrisa Alyssa Milano oʻzining Twitter sahifasida shunday mazmundagi post qoldirdi: „Jinsiy tajovuz va tegajogʻlikka uchragan ayollarning hammasi statuslarida „Men ham“, deb yozayotgan boʻlishsa, biz odamlarga muammoning koʻlami haqida tushuncha berishimiz mumkin“. Buning ortidan Gwyneth Paltrow, Ashley Judd, Jennifer Lawrence, va Uma Thurman kabi koʻplab amerikalik taniqli shaxslar oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida harakatni dastaklovchi postlar qoldirishdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org