Me Before You




Me Before You  — Jojo Moyes tomonidan yozilgan ishqiy roman. Kitob birinchi marta 2012-yil 5-yanvarda Buyuk Britaniyada nashr etilgan. Kitobning After You nomli davomi 2015-yil 24-sentabrda Pamela Dorman Books nashriyoti orqali chop etildi. 2018-yil yanvar oyida esa kitobning Still Me nomli ikkinchi mantiqiy davomi chop etildi.

Kitob asosida 2016-yilda film ham ishlangan.

Syujeti



26 yoshli Louisa Clark ishchi oilasida dunyoga keladi. Louisa Klrak oʻzining singlisi Treenaning oʻqishi uchun ishlaydi. Oilasini boqishga yordam beradigan Louisa mahalliy kafeda ishlaydi va vaqt oʻtgandan keyin ishidan ayriladi. U mehnat markaziga boradi va bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng, mehnat markazi noodatiy ishga joylashish imkoniyatini taklif qiladi: piyoda va mototsikl halokati natijasida kvadriplegiya bilan ogʻrigan, badavlat va bir vaqtlar faol yigit Will Traynorga koʻz quloq boʻlish va gʻamxoʻrlik qilish taklifi beriladi. Willning onasi Camilla Louisaning tajribasi yo‘qligiga qaramay, Louisa uning ruhini yoritishiga ishonib, uni ishga oladi. Louisa Willning tibbiy ehtiyojlariga gʻamxoʻrlik qiladigan Nathan va Willning otasi, Camilla bilan nikohi tarang boʻlgan biznesmen Steven bilan uchrashadi.

Will aravachaga oʻtirib qolganidan keyin insonlardan uzoqlashishni va hattoki gaplashmaslikni maʼqul koʻradi. Negaki, achinishlarini xohlamas edi. Willning sobiq qiz doʻsti Alicia va eng yaqin doʻsti Rupert turmush qurishlarini maʼlum qilgandan keyin vaziyat yomonlashdi. Louisaning gʻamxoʻrligi ostida Will asta-sekin koʻproq muloqotga kirishadi va ular birgalikda tajriba almashishadi. Louisa Willning chandiqli bilaklarini payqaydi va Camilla Shveytsariyada joylashgan oʻz joniga qasd qilish tashkiloti Dignitas orqali oʻz hayotini tugatish haqidagi iltimosini rad etganidan koʻp oʻtmay, onasi va otasi uning oʻz joniga qasd qilishga urinishlariga qarshi boʻlishadi. Ammo Will oʻz fikrini qatʼiyligini va hech narsa qaytarmasligini onasiga tushuntiradi. Uning urinishidan dahshatga tushgan Camilla oʻgʻlining xohishini bajarishga vaʼda berdi. Camilla vaqt oʻtishi bilan oʻz hayotining qadriga yetishiga ishonishini isbotlamoqchi boʻladi.

Louisa Will va Camillaning kelishuvi haqida bilishini yashiradi. Biroq, u Treenaga aytadi va ular birgalikda Willni oʻlim istagidan voz kechishga ishontirishga yordam berishga harakat qilishadi va qanday qilishlarini oʻylab topadilar. Keyingi bir necha hafta ichida Will va Louisa uni sayrga olib chiqishni boshlaydi va ikkalasi yaqinlashadi. Ot poygasi musoqabasini ham kuzatishga borishadi.

Ularning tez-tez suhbatlari orqali Louisa Willning koʻp sayohat qilganini bilib oladi; Willning eng sevimli joyi Parijdagi kafe. Uning hayoti qanchalik cheklanganligini va uning ambitsiyalari kamligini payqagan Louisa Willni oʻzgartirishga undaydi va hayotdan har lahzada baxtli yashashga undaydi.

Louisa oʻzining 7 yillik sevgilisi Patrick bilan goh gohida koʻrishib turishardi, ammo vaqt oʻtgandan keyin ular Will bilan munosabatlari tufayli ajralishdi. Ayni paytda Louisaning otasi ishdan ayrilib, koʻproq oilada moliyaviy qiyinchiliklarga sabab boʻladi. Steven Traynor Luining otasi yaʼni, Clarkga ish taklif qiladi. Louisa Will oʻz oilasidan ozod boʻlishiga yordam berishga harakat qilayotganini tushunadi. Ikkalasi Alicia va Rupertning toʻyiga tashrif buyurishadi, u yerda ular raqsga tushishadi.

Louisa Willni u bilan birga taʼtilga borishga koʻndiradi, lekin ular ketishdan avval Will oʻlimga yaqin pnevmoniya bilan kasallanadi. Louisa boʻronli sayohat rejalarini bekor qiladi va buning oʻrniga u Willni Mavrikiy oroliga olib boradi. Uyga qaytishdan bir kun oldin Louisa Willga uni sevishini aytadi. Willga Dignitas bilan rejalari haqida allaqachon bilishini tan oladi. Willning taʼkidlashicha, birga boʻlgan vaqtlari juda esda qolarli hamda qadrli oʻtganini, lekin u nogironlar aravachasida yashashga koʻnika olmayotganini va kimgadir yuk boʻlmasligini aytadi. Willni fikridan qaytara olmagan Louisa boʻron bilan joʻnaydi va sayohatning qolgan qismida u bilan gaplashmaydi. Uyga qaytgach, Willning ota-onasi uning yaxshi jismoniy holatidan hayratda qolishadi. Biroq, Louisa oʻz vasiyligidan isteʼfoga chiqadi va ular Will oʻz hayotini tugatish niyatida ekanligini tushunishadi.

Uyga qaytgan Louisa xafa edi va ota onasiga Will haqida hamma narsani aytib berganida ular bundan gʻazablanadi. OAV va jurnalistlar Patrickdan xabar olgan holda uyga kelishadi va oila izolyatsiya qilinadi. Keyin Treena Camilla Louisadan Shveytsariyaga kelishni soʻrab iltimos qiladi. Louisa onasi taʼqiqlaganiga qaramay borishini aytadi va Willning oldiga uchib ketadi. Klinikada ular soʻnggi olti oy hayotlarida eng yaxshisi boʻlganiga iqror boʻlishdi. U klinikada koʻp oʻtmay vafot etadi va u Louisaga uning taʼlimini davom ettirish va hayotni toʻliq his qilish uchun katta meros qoldirganligi maʼlum boʻldi. Roman Louisaning Parijdagi kafelardan birida Willning unga yozgan maktubida „yaxshi yashashni“ yaʼni Shunchaki har lahzada baxtli yasha deb aytadigan soʻnggi soʻzlarini oʻqishi bilan yakunlanadi.

Asar qahramonlari:




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz