Míchael Umaña
Míchael Umaña Corrales (talaffuzi: Maykl Umanya Korrales) — Kosta-Rikalik futbolchi va himoyachi. Kosta-Rika terma jamoasida oʻynagan. Afinadagi 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari, shuningdek , 2006 va 2014-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi hisoblanadi.
Jamoalardagi faoliyati
Míchael Umaña faoliyatini „Carmelita“ va „Herediano“ klublarida oʻynashdan boshlagan. 2005-yilda u Amerikaning „Los Angeles Galaxy“ klubining taklifini qabul qilib, AQShga koʻchib oʻtgan. Klubda oʻtkazgan olti oy davomida Míchael Umaña „Lamar Hun“t kubogini qoʻlga kiritgan va yangi jamoaga MLS chempioni boʻlishiga yordam bergan.
2014-yilda Braziliyadagi jahon chempionatidan soʻng Míchael Umaña Eronning „Persepolis“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 25-avgust kuni „Padideh“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Eron chempionatida debyut qilgan.
2016-yilning iyulida Míchael Umaña Kosta-Rikaga, sobiq klublaridan biri „Municipal Liberia“ jamoasiga qaytgan.
2018-yil yanvar oyida Míchael Umaña „Cartaginés“ga qaytgan.
2018-yilning may oyida Míchael Umaña Gvatemalaning „Comunicaciones“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2005-yil 16-fevralda Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻyinda Míchael Umaña Kosta-Rika terma jamoasida debyut qilgan. 2004-yilda milliy terma jamoa tarkibida Míchael Umaña Afinadagi Olimpiya oʻyinlariga borgan. Turnirda u Marokash , Iroq , Portugaliya , Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib, jamoaning 1/4 finalga chiqishiga yordam bergan. Oʻsha yili u Peruda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Ushbu turnirda Míchael Umaña zaxiradan maydonga tushgan va bir daqiqa ham maydonga tushmagan.
2005-yilda Míchael Umaña milliy terma jamoa bilan birinchi marta AQShda boʻlib oʻtgan KONKAKAF Oltin Kubogiga borgan. Kanada, Kuba, AQSH va Gondurasga qarshi turnirning toʻrtta oʻyinida qatnashgan. 2006-yilda Míchael Umaña Germaniyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qoʻshilgan edi. Turnirda u Germaniya , Ekvador va Polsha terma jamoalariga qarshi duelda oʻynagan.
2007-yilda Míchael Umaña yana KONKAKAF Oltin kubogiga yoʻl olgan. Turnirda u Kanada, Gaiti va Gvadelupa jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2014-yilda Míchael Umaña Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qoʻshilgan edi. Turnirda Urugvay, Italiya, Gretsiya va Gollandiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Kosta-Rika safidagi gollari
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari "Los Angeles Galaxy" "Deportivo Saprissa" Xalqaro yutuqlari Kosta Rika Manbalar
uz.wikipedia.org